Nathan Louis Pond () (1985-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — Angliyalik professional futbolchi. Nathan Pond „Bamber Bridge“ futbol klubi jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Nathan Pond ilgari oʻn besh yil davomida „Fleetwood Town“ futbol klubida oʻynagan. Shu bilan birga Nathan Pond „Lancaster City“, „Kendal Town“, „Grimsby Town“, „Salford City“, „Flyde“ va „Telford United“ futbol klublarida ham toʻp surgan. Xalqaro miqyosda u Montserrat milliy futbol terma jamoasi vakili hisoblanadi.
„Fleetwood“ futbol klubida oltita promoush davomida yetti divizionda oʻynagan Nathan Pond Guinness tomonidan bitta futbol klubi bilan turli divizionlarda maydonga tushish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan.
Klublardagi oʻyin faoliyati Nathan Pond oʻz faoliyatini 2003-yilda „Lancaster City“ futbol klubida boshlagan. Oʻsha yili Nathan Pond „Fleetwood Town“ futbol klubiga oʻtdi.
Nathan Pond 2003-yildan beri klub tarkibida 498 ta oʻyin oʻtkazib, hozirgi vaqtda klubning eng uzoq vaqt oʻynagan futbolchisi boʻldi.
2017—2018-yilgi mavsum oxirida Nathan Pondning „Fleetwood“ klubi imzolagan shartnomasi oʻz nihoyasiga yetdi.
2018-yil may oyida Nathan Pond Milliy liga vakili "Salford Citiy' futbol jamoasiga qoʻshildi.
2020-yil 7-avgustda Nathan Pond „Salford“ klubini tark etganidan soʻng, „AFC Fylde“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Nathan Pond 2021-yil iyul oyida „AFC Telford United“ futbol klubiga qoʻshildi.
2021-yil 6-oktyabrda Nathan Pond „Bamber Bridge“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Nathan Pond 2019-yil oktyabr oyida Montserrat milliy futbol terma jamoasiga chaqirilgan. Nathan Pond 13-oktyabrda Salvador milliy futbol terma jamoasiga qarshi 90 daqiqa oʻynab oʻzining milliy terma jamoadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Nathan Pond Montserrat milliy futbol terma jamoasining 2021-yilgi CONCACAF Oltin Kubogi saralash oʻyinlariga yoʻl olishini taʼminlash uchun St Lucia milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻzining birinchi golini kiritdi.
Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaAngliya kubugiLiga kubugiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniFleetwood Town2006—2007Angliya Premer diviziyasi10 ---102007—200800 ---002008—2009Angliya Premer konferensiyasi20 ---202009—201010 ---102010—2011Angliya Premer konferensiyasi23210 ---002422011—201234140 ---003412012—2013Angliya Ikkinchi ligasi1200000001202013—20144112000815122014—2015Angliya Birinchi ligasi2711010002912015—20162101000402912016—20173205010103902017—2018300400020360Jami2205220201512596Grimsby Town (ijara)2012—2013Angliya Premer konferensiyasi2605000 ---310Salford City2018—2019Angliya Milliy ligasi4322000 ---4522019—2020Angliya Ikkinchi ligasi90001000100Jami522201000552Jami298122403015134011
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyinlarGollar Montserrat 2019 4 1 2021 4 1 2022 3 0 Jami 11 2
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Montserratlik erkak futbolchilar