Josip Radošević () (1994-yil 3-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Daniya Superliga klubi „Brøndby IF“da yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Hajduk Split Radošević oʻz faoliyatini tugʻilgan shahrining „Hajduk Split“ klubida yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan. Isteʼdodli yarim himoyachi 2011-yilning noyabr oyida „Hajduk“ning asosiy jamoasiga koʻtarilgan. 2011-yil 23-noyabrda u 2011/2012-yilgi Xorvatiya kubogi chorak finalida NK Zagreb ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda asosiy jamoa safida debyut qilgan. 2011/2012-yilgi mavsumda Radošević Hajdukning birinchi oʻn birlik tarkibida oʻynay boshlagan. 2012/2013-yilgi mavsumda u oʻzini „Hajduk“ yarim himoyasida asosiy oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va „Napoli“ ga oʻtishdan oldin mahalliy liganing 17 oʻyinida maydonga tushgan.

Napoli 2013-yilning 29-yanvarida Radoševićni A Seriya vakili „Napoli“ 2 million yevro evaziga sotib olgan. 2013-yilning 25-avgustida u 2013/2014-yilgi mavsumning birinchi davrasida „Bolonya“ga qarshi oʻyinda „Napoli“ safida rasmiy debyut qilgan va 84-daqiqada Gonsalo Iguain oʻrniga maydonga tushgan.

Rijeka (Ijara) 2015-yilning 4-fevralida Radošević 2015-yilning 31-dekabriga qadar „Rijeka“ga ijaraga berilgan. U 2015-yil 4-aprel kuni Zagrebning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda qoʻshib berilgan vaqtning toʻrtinchi daqiqasida hisobni tenglashtirgan golini kiritgan bu uning klub safidagi ilk goli boʻlgan.

Red Bull Salzburg 2016-yilning 31-avgustida, yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Radošević erkin agent sifatida Avstriyaning „Red Bull Salzburg“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Hajduk Splitga qaytish Josip Radošević 2017-yil 3-iyun kuni „Hajduk“ning yangi futbolchisi sifatida eʼlon qilingan.

Xalqaro faoliyati Radošević Xorvatiyaning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi tarkibida 2011-yilgi UEFA U-17 futbol boʻyicha Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan va barcha oltita guruh oʻyinlarida maydonga tushgan. Xorvatiya saralash bosqichini magʻlubiyatsiz yakunlagan boʻlsa-da, pley off bosiqchida mezbon Niderlandiyaga magʻlubiyatga uchrab keyingi bosqichga oʻta olmagan. Umuman olganda, u yoshlar jamoalari uchun 35 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. 2012-yil avgust oyida Radošević terma jamoaga murabbiy Igor Shtimac tomonidan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Makedoniya va Belgiyaga qarshi oʻyinlarda himoyachi Ognyen Vukojevichga alternativa sifatida chaqirilgan. 2012-yil 11-sentabrda Radošević milliy terma jamoa safida Belgiyaga qarshi oʻyinda (1:1) maydonga tushgan va u terma jamoa tarixida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylangan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumDivizionLigaKubokYevropaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHajduk Split2011—20121. HNL7020—902012—20131. HNL1703040240Jami2405040330Napoli2013—2014Serie A8010—90Rijeka (Ijara)2014—20151. HNL16140—2012015—20161. HNL1612020201Jami3226020402Eibar (Ijara)2015—2016La Liga80—80Red Bull Salzburg2016—2017Bundesliga2033151285Hajduk Split2017—20181. HNL3535051451Brøndby IF2018—2019Superliga30230403722019—2020Superliga27110603612020—2021Superliga31020—3312021—2022Superliga26120703512022—2023Superliga620040102Jami1206802101496Karyerada jami2471428137231217

Yutuqlari Napoli

Italiya kubogi : 2013—2014 Italiya Superkubogi : 2014-yil

Red Bull Salzburg

Avstriya Bundesligasi : 2016—2017 Avstriya kubogi : 2016—2017

Brondby

Daniya Superligasi : 2020—2021

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar