Tolgay Ali Arslan (1990-yil 16-avgustda tugʻilgan) — Serie A ning „Udinese“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi.

Ali Germaniyada tugʻilgan, ajdodlari esa turk. Germaniya va Turkiyani xalqaro miqyosda yoshlar darajasida himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Arslan Germaniyaning Paderborn shahrida tugʻilgan. Ota-onasi turk, Chorumdan. Faoliyatini mahalliy klubda boshlagan. Oʻz oʻyinini Zinedine Zidane va Georghe Hagilarga oʻxshatishga harakat qilgan Arslan 2003-yilda Dortmundning „Borussia“siga oʻtdi. Dortmundning yoshlar jamoasida bir necha yil oʻtkazgach, Hamburger SVga oʻtdi.

Hamburger SV left|thumb| Arslan 2009-yilda Hamburger SVda Arslan 2009-yilda tekin transfer evaziga „Hamburger SV“ga oʻtdi. 2009-yilning 23-sentyabrida DFB-Pokalning 2-turida VfL Osnabrückka qarshi oʻyinda Markus Berg oʻrniga 70-daqiqada maydonga tushdi. „Gamburg“ bilan 3:3 hisobida durang oʻynashdi, penaltilar seriyasida 5:7 hisobida magʻlub boʻldi. Arslan 2009-yil 17-oktabrda „Bayer“ga qarshi oʻyinda (0:0) ligadagi debyutini oʻtkazdi.

2010—2011-yilgi mavsumda Alemannia Aachenga ijaraga oʻtdi.

Beşiktaş 2015-yilning 27-yanvarida Arslan Superliganing Beşiktaş klubi bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. 26-fevral kuni UEFA Yevropa Ligasi 32-turidan oʻrin olgan „Liverpool“ ga qarshi javob oʻyinining 60-daqiqasida José Sosa oʻrniga maydonga tushdi va oradan 15 daqiqa oʻtib oʻyinda gol urdi. Penaltilar seriyasida ham gol urishga muvaffaq boʻldi.

Xalqaro faoliyati Arslan faoliyatini 2009-yili Turkiya yoshlar terma jamoasida boshlagan. 2009-yilda U-19 terma jamoasida ikki marta maydonga tushgan. 2010-yil 7-sentyabrda Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha milliy terma jamoasi safida birinchi marotaba Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

2010-yilning dekabr oyida Arslan Germaniya futbol uyushmasiga oʻtdi. Ilk bor 2012-yil 14-noyabrda Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasiga Turkiyaga qarshi oʻyin uchun chaqirilgan edi.

Shaxsiy hayoti 2018-yil noyabr oyida Arslan 2019-yil iyun oyida boʻladigan Turkiyadagi harbiy xizmatni oʻtashiga qaror qildi.

Faoliyat statistikasi

Klubda

KlubMavsumLigaMilliy kubokBoshqaYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarHamburger SV2009—2010Bundesliga5010—00602011—2012Bundesliga8100——812012—2013Bundesliga25010——2602013—2014Bundesliga3214010—3712014—2015Bundesliga13020——150Jami832801000922Alemannia Aachen (ijara)2010—20112. Bundesliga31640——356Beşiktaş2014—2015Süper Lig16031—312222015—2016Süper Lig6010—00702016—2017Süper Lig30030101004402017—2018Süper Lig2906010504102018—2019Süper Lig80000081161Jami890131202621303Fenerbahçe2018—2019Süper Lig11000—101202019—2020Süper Lig13082—00212Jami24082—10332Udinese2020—2021Serie A30310——3132021—2022Serie A30130——3312022—2023Serie A6100——61Jami66540——705Jami faoliyati323133733027236018

Terma jamoada +YilTerma jamoaIshtirok Gollar2009Turkiya U19212010Turkiya U21102011Germaniya U20102012—2013Germaniya U2130

Yutuqlari Beşiktaş

Superliga: 2015—2016, 2016—2017

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar