Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharda 10.270 ta xonadonda 25.971 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 194 kishidan toʻgʻri keladiKamo city official statistics . Shaharning umumiy maydoni 133,72 kvadrat kilometr (51,63 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi Kamo shimoliy-markaziy Niigata prefekturasining ichki qismida joylashgan. Shahar nomidan koʻrinib turibdiki, Kamo daryosi shahar boʻylab oqib oʻtadi. Eng baland choʻqqisi — 1292 metr balandlikka ega boʻlgan Avagatake togʻining choʻqqisi hisoblanadi. Shahar ikki yirik shahar Nagaoka va Niigataning taxminan qoq oʻrtasida joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Niigata prefekturasi Minami-ku, Niigata Sanjo Gosen Tagami
Iqlimi Kamo nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Kamoda oʻrtacha yillik harorat 12,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1978 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,9 °C, eng past harorat esa yanvarda, 0,6 °C atrofida boʻladiKamo climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraKamo population statistics, Kamo aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida barqaror ravishda kamaygan.
Tarixi Hozirgi Kamo hududi qadimiy Echigo viloyatining bir qismi boʻlib, ilk Heyan davridan — miloddan avvalgi 794-yildan boshlab Kiotodagi Kamo ziyoratgohining filiali bilan bogʻliq aholi punkti sifatida rivojlangan. Kamo shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Niigataning Kitakanbara tumanida tashkil etilgan. 1954-yil 10-martda u shahar maqomiga koʻtarildi.
Hukumat right|thumb|270x270px| Kamo shahar hokimiyati Kano toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan, mer-kengash boshqaruv shakli mavjud.
Iqtisodiyoti Kamo anʼanaviy ravishda kiri-tansu ishlab chiqarish bilan aloqador boʻlib, Paulownia tamentosa yogʻochidan yasalgan tansu ning bir turi ayniqsa mashhurdir. Shahar, shuningdek, elektr jihozlari va mebellar ishlab chiqarish markazi hisoblanadi.
Taʼlim tizimi
Kollejlar va universitetlar
Niigata menejment universiteti Niigata Chuoh kolleji
Boshlangʻich va oʻrta taʼlim Kamoda ettita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan beshta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi ham bunyod etilgan.
Transporti
Temir yoʻl 20x20px JR Sharqiy yoʻli — Shin'etsu magistral liniyasi
Kamo
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 290 Milliy yoʻnalish 403
Qardosh shaharlar Kamo uchta shahar bilan qardosh shahar aloqalarini saqlab kelmoqda:
Ōshima, Yaponiya (1968) Zibo, Xitoy 1993-yil 21-oktyabrdan buyon Komsomolsk-on-Amur, Rossiya
Mahalliy diqqatga sazovor joylar thumb| Kamoyama bogʻi va Aomi ibodatxonasi Kamo kichik sayyohlik guruhlari tashkil etilgan boʻlib, bu ayniqsa boshlangʻich maktab oʻquvchilari orasida juda mashhur. U „anʼanaviy shahar“ sifatida ham eʼlon qilinadi va baʼzan Hokuetsu mintaqasining Kichik Kiotosi deb nomlanadi. Buning sababi shundaki, u uch tomondan togʻlar bilan oʻralgan va daryo bilan kesishgan Kioto bilan oʻziga xos tuzilishdagi oʻxshash xususiyatlarga ega. Kamoning eng mashhur diqqatga sazovor joyi bu Kamoyama bogʻi boʻlib, unda Aomi Jinja (ziyoratgoh) va boshqa koʻplab diqqatga sazovor joylar, jumladan, shahar muntazam ravishda olib kelingan mayda olmaxonlar uchun bunyod etilgan uychalarga ham ega. Kamo daryosi, shuningdek, koʻplab shahar tadbirlari, jumladan, avgust oyida oʻtkaziladigan Obon festivali va aprel oyida boʻlib oʻtadigan qorli Kameliya festivaliga mezbonlik qiladi. Qor kameliyasi Kamoning ramzi boʻlib, shaharning koʻplab joylarida oʻsib yotganini koʻrish mumkin. Galereya
Kamoning taniqli odamlari
Hirohiko Izumida (Nigata prefekturasi gubernatori) Makiko Kikuta (siyosatchi) Kanako Higuchi (aktrisa) Shigeo Gocho (fotosuratchi) Nobuo Kavaguchi (futbolchi)
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Niigata prefekturasidagi shaharlar Turkum:Kamo, Niigata