Qisqacha maʼlumot hammasi yolgʻon Senat saytining buzib kirilishi 2022-yilning 2-noyabr sanasida soat 11:50 lar atrofida Oʻzbekiston Senati vebsaytiga hujum uyushtirildi. Taxminan, Toshkent vaqti bilan 12:04 larga kelib, kiberhujum bartaraf etilgan. MarshGolden tarkibidagi xakerlar 14 yoshli oʻsmirlar ekanligi, faoliyatlarini 2018-yilda boshlaganliklari, shuningdek, Senat saytini ishgʻol qilishdan oldin, 2019-yilda Kundalik.com saytini buzib, oʻz baholarini oʻzgartirganliklari Mening Yurtim telekanali koʻrsatuvi „Markaziy Studiya“ tomonidan iddao qilingan.

Biroq, ushbu xabar Oʻzbekiston Ichki Ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan inkor etildi hamda saytga uyushtirilgan kiberhujum Namangan viloyatining Norin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan amalga oshirilganligi ochiqlanganini eʼlon qildii

Kiberxavfsizlik markazi fosh etgan namanganlik xaker (MarshGolden) va Markaziy Studiya koʻrsatuviga intervyu bergan va ularning oldida „Xalq soʻzi“ (xs.uz ) saytiga oʻz logotipini joylab koʻrsatgan xaker (GoldenHack) aslida bir jamiyat aʼzosi ekanliklari ochiqlangan.

Munosabatlar MarshGolden reaksiyasi Guruh oʻzining rasmiy Telegram kanalida buzib kirish davlat yoki saytning ustidan kulish uchun emas, balki, zaiflikni koʻrsatish maqsadida tashkil etilganligini taʼkidlagan. Saytga buzib kirgan xakerlar „Kiberxavfsizlik markaziga salomlar“ & „YOUR SYSTEM HAS BEEN HACKED BY“ yozuvlarini qoldirib ketishgan.

Senatning rasmiy munosabati Ushbu hujum yuzasidan Senat rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlumotda saytning yaqin orada yangi talqini ishga tushirilishga tayyorlanayotganligi, shuningdek, kiberhujumdan soʻng, kiberxavfsizlik boʻlimi saytning yangi versiyasini ustida ishlayotganligi haqida aytib oʻtilgan. Tanzila Norboyevaning matbuot kotibi Hojiakbar Toʻlaganov sayt ishgʻol boʻlganidan keyin qoʻllangan subdomen Senatning yangicha dizayndagi sayti ekani, kiberhujum ortidan test rejimidagi sayt vaqtincha ishga tushirib qoʻyilganini maʼlum qilgan.

Yana qarang DoS hujum Kiberhujum Kiberxavfsizlik Xaker guruhlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Manbalar

Havolalar OʻzRes Senati rasmiy sayti Senatning subdomen sayti MarshGoldenning rasmiy Telegram kanali Markaziy Studiyaning Kiberxavfsizlik markazi raddiyasiga javobi

Turkum:Xakerlar Turkum:Xaker guruhlar Turkum:Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Turkum:Internet xavfsizligi Turkum:Kiberxavfsizlik