Slater Koekkoek ( 1994-yil 18-fevralda tugʻilgan) — Kanadalik professional xokkey himoyachisi, hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) Bakersfield Condors jamoasi bilan shartnoma asosida oʻynaydi. Koekkoek dastlab Tampa Bay Lightning jamoasi tomonidan 2012-yilgi NHL draftida 10-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan.

Jamolardagi oʻyin faoliyati Koekkoek Ontario xokkey ligasida 4 mavsum va 195 oʻyin oʻtkazgan. U Peterborough Petes jamoasi bilan 131 oʻyin va Windsor Spitfires jamoasi bilan esa 64 oʻyin oʻtkazgan. Peterborough Petes bilan 2-mavsumida u noyabr oyining oxirida yelkasidan jarohat olganligi uchun faqatgina 26 oʻyinda maydonga tushgan. U 2013-yilning 10-yanvarida Windsor jamoasiga transfer qilingan va oʻzining soʻnggi mavsumida yuqori natijaga erishgan. Mavsumni 15 gol va 53 ochko qayd etgan holda, +44 reyting va 51 penalti bilan yakunlagan. left|thumb|236x236px| Koekkoek Windsor Spitfires jamoasi bilan 2013-yilda

Professional jamoalardagi faoliyati Koekkoek Tampa Bay Lightning jamoasi tomonidan 2012-yilgi NHL draftida 10-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. U 2013-yil 20-martda Lightning jamoasi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekkan va birinchi 2 yil Kanada Xokkey Ligasi oʻyinlarida maydonga tushgan. Koekkoek oʻzining professional xokkey debyutini 2014-yil 12-oktyabrda Hartford Wolf Pack jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Crunch bilan 66 oʻyinda Koekkoek beshta gol va 40 penaltidan 24 ochko toʻplagan. Koekkoek barcha Crunch himoyachilari orasida assistentlik (19) va ochkolar (24) boʻyicha yetakchilik qilgan. U shuningdek, Amerika Xokkey Ligasi himoyachilari orasida ochkolar boʻyicha beshinchi oʻrinni egallagan.

2016-yil 7-martda Koekkoek birinchi NHL ochkosini Philadelphia Flyers jamoasiga 2-4 hisobida yutqazgan oʻyinida qoʻlga kiritgan. 2016-yil 30-aprelda oʻzining birinchi NHL pley-off oʻyinida u New York Islanders ustidan 4-1 hisobida Lightning jamoasi tarkibida gʻalaba qozongan.

2017-yil 3-iyulda Koekkoek Lightning bilan bir yillik 800 000 dollarlik shartnomani uzaytirgan. Koekkoek 2017-yil 12-oktyabrda NHLdagi birinchi va ikkinchi gollarini qayd etgan. Koekkoekning ikkinchi goli Lightning jamoasining gʻalaba goli boʻlgan.

2018—2019-yilgi mavsumda Koekkoek Chempionatda oʻzini koʻrsata olmagani uchun Lightning jamoasi uni Jan Rutta evaziga 2019-yil Chicago Blackhawksga almashtirgan.

Blackhawksning erkin agenti sifatida 2020-yil 26-dekabrda Koekkoek Edmonton Oilers jamoasi bilan bir yillik 850 000 dollarlik shartnoma imzolagan. 12-avgust kuni u Oilers jamoasi bilan ikki yillik shartnomani uzaytirgan.

Xalqaro jamoalardagi faoliyati Koekkoek 2011-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan jahon xokkey musobaqasida Canada Ontario jamoasi bilan faoliyat olib borgan.

Jamoalardagi faoliyat statistikasi

Doimiy mavsumPley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM2008—2009Notre Dame HoundsSMHL50112—————2009—2010Notre Dame HoundsSMHL44162743911334762010—2011Peterborough PetesOHL657162367—————2011—2012Peterborough PetesOHL265131817—————2012—2013Peterborough PetesOHL406222828—————2012—2013Windsor SpitfiresOHL20110—————2013—2014Windsor SpitfiresOHL6215385351—————2014—2015Syracuse CrunchAHL725212644301162014—2015Tampa Bay LightningNHL30002—————2015—2016Syracuse CrunchAHL605101526—————2015—2016Tampa Bay LightningNHL901121001122016—2017Syracuse CrunchAHL48211131422167162016—2017Tampa Bay LightningNHL290448—————2017—2018Tampa Bay LightningNHL3544818—————2018—2019Tampa Bay LightningNHL91014—————2018—2019Syracuse CrunchAHL50112—————2018—2019Chicago BlackhawksNHL2214510—————2019—2020Chicago BlackhawksNHL42191042912322020—2021Edmonton OilersNHL181012401102021—2022Edmonton OilersNHL1904416—————2021—2022Bakersfield CondorsAHL20110—————NHLdagi umumiy ochkolari18682634104231454

Xalqaro musobaqalardagi faoliyati Yil JamoaMusobaqa Natija GP G A Pts PIM 2011Canada Ontario U17 5 1 2 3 8 2011 Canada IH18 5 0 5 5 0 2011 Canada U18 4 7 1 1 2 2 Oʻsmirlar jamoasidagi umumiy ochkolari 17 2 8 10 10

Mukofot va unvonlari Mukofot Yil OHL Ikkinchi All-Rookie jamoasi 2011 Birinchi yulduzlar jamoasi 2014

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar