Euan Murray () (1994-yil 20-yanvarda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Euan Murray „Hartlepool United“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Murray oʻzining futbolchilik faoliyatini "Motherwell' futbol klubida boshlagan edi. Euan Murray faoliyati davomida „Arbroath“, „Clyde“, „Stenhousemuir“, „Raith Rovers“, „Dunfermline Athletic“, „Kilmarnock“, „Barrow“, „Southport“ va „Western United“ futbol klublarida oʻynagan.

Faoliyati Murray „Motherwell“ futbol klubining akademiyasida tarbiyalangan. Keyinchalik, Murray 2013-yilning 9-noyabrida „Motherwell“ futbol klubining asosiy jamoasi safiga qabul qilingan. Euan Murray klub safidagi ilk oʻyinini „Dundee United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan.

2013—2014-yilgi mavsum oxirida „Motherwell“ futbol klubini tark etgan Murray 2014-yilning 19-sentyabrida Shotlandiya Ikkinchi ligasi vakili „Clyde“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2014-yil 23-dekabrda Euan Murray „Clyde“ futbol klubini tark etgan. Bundan keyin, 2015-yilda Euan Murray Solomon orollaridagi „Western United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan.

Keyinchalik Euan Murray Shotlandiyaga qaytib, 2015-yilning 8-iyulida „Stenhousemuir“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2016-yilning 22-iyulida Euan Murray Angliya milliy ligasi vakili „Barrow“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. 2017-yil iyun oyida Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Raith Rovers“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilish uchun klub maʼamuriyati bilan shartnoma imzolagan.

„Raith Rovers“ futbol klubi bilan ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, Euan Murray 2019-yil iyun oyida „Dunfermline Athletic“ futbol jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Murray 2021-yilning may oyida klub bilan imzolagan shartnoma muddati tugaganidan keyin klubni tark etgan. Keyinchalik Euan Murray yaqinda quyi ligaga tushib qolgan „Kilmarnock“ futbol klubi safiga bilan ikki yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. Euan Murray klub safida barcha musobaqalarda 38 ta oʻyinda maydonga tushgan va klub bilan Shotlandiya chempionligini qoʻlga kiritgan.

2022-yil 24-iyunda Euan Murrayning „Kilmarnock“ futbol klubi bilan imzolagan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan. Oʻsha kuniyoq Murrayning Ikkinchi liga vakili „Hartlepool United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Euan Murray 2012-yil aprel oyida Shotlandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida Serbiyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarMotherwell2013—2014Shotlandiya Premer ligasi3000000030Arbroath2014—2015Shotlandiya Ikkinchi ligasi1000000010Clyde2014—2015Shotlandiya Ikkinchi ligasi6100000061Western United2014—2015S Liga0000003030Stenhousemuir2015—2016Shotlandiya Birinchi ligasi283101020323Barrow2016—2017Milliy liga6000002080Southport2016—2017Milliy liga120000000120Raith Rovers2017—2018Shotlandiya Birinchi ligasi3431040614542018—2019344314060475Jami6874180121929Dunfermline Athletic2019—2020Shotlandiya chempionati1020010001122020—2021243106420337Jami345107420449Kilmarnock2021—2022Shotlandiya chempionati280215031382Hartlepool United2022—2023Ikkinchi liga160001030200Jami202168222422225423

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar