Mathis Rayan Cherki (2003-yil 17-avgustda tugʻilgan) – fransiyalik professional futbolchi, hujumkor qanot yarim himoyachisi (vinger) pozitsiyasida oʻynaydi. Rayan Fransiyaning Ligue 1 turniri vakili Lyonnais hamda Fransiya milliy terma jamoasida toʻp tepadi.

Biografiyasi Cherki 2003-yilning 17-avgustida Lionda tugʻilgan. Uning otasi Fabrice Amsellem italyan kelib chiqishiga ega boʻlsa, onasi jazoir millatiga mansub.

Klubdagi faoliyati Cherki Lyon yoshlar akademiyasining mahsuloti boʻlib, ularning eng yaxshi istiqbollaridan biri hisoblanadi. U 15 yoshida Championat National 2 da ularning jamoasida zaxira oʻyinchisi sifatida oʻynay boshladi. 2019-yilning 7-iyulida Cherki „Lyon“ bilan 2022-yilgacha boʻlgan birinchi professional shartnomasini imzoladi. U professional debyutini 2019-yil 19-oktabr kuni Liga 1 doirasidagi „Dijon“ga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazdi.

2019-20-yilgi UEFA Yoshlar ligasida toʻrtta gol urganidan soʻng, u Yevropadagi debyutini 2019-yil 27-noyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida Zenitga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, 16 yoshu 102 kunlik, oʻyinda u 2:0 hisobidagi magʻlubiyatning 74-daqiqasida Maksvel Kornetga almashtirildi.

2020-yilning 4-yanvarida Cherki Fransiya kubogi doirasidagi „Bur -an-Bresse“ ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxira oʻyinida oʻzining birinchi asosiy golini urdi va „Lion“ safida 16 yosh140 kunligida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. 18-yanvar kuni u Fransiya kubogi doirasidagi yana bir oʻyinda „Nant“ klubi ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozongan „Lyon“ klubining toʻrtta golida ishtirok etdi; u dubl qayd etdi va qolgan ikkita golga assistentlik qildi.

2020-yil 19-avgustda Cherki UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi „Bavariya“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Shu tariqa u UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Oʻsha oʻyinda „Lyon“ klubi gʻoliblarga 3:0 hisobida magʻlub boʻlib, musobaqadan chiqib ketgan edi.

Cherki oʻzining Liga 1 dagi birinchi golini 2021-yil 2-may kuni „Monako“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda urgan. Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida uning goli „Lyon“ klubining gʻalabasini taminladi.

Xalqaro darajadagi faoliyati Cherki ota-onasi sabab Jazoir va Fransiya termalarida oʻynash huquqiga ega hisoblanadi. Cherki 2018-yilda Fransiyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida ikki marta oʻynagan, har ikkisi ham Daniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini edi.

Faoliyat statistikasi

Klubdagi natijalari

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Lion B 2019-20 Milliy chempionat 2 10 5 — — — 10 5 2020-21 Milliy chempionat 2 1 0 — — — 1 0 2021-22 Milliy chempionat 2 1 0 — — — 1 0 Jami 12 5 — — — 12 5 Lion 2019-20 Liga 1 6 0 3 3 2 0 2 0 13 3 2020-21 Liga 1 27 1 3 3 — — 30 4 2021-22 Liga 1 16 0 0 0 4 2 — 20 2 2022-23 Liga 1 10 0 0 0 — — 10 0 Jami 59 1 6 6 6 2 2 0 73 9 Jami faoliyati 71 6 6 6 6 2 2 0 85 14

Yutuqlari Olympique Lyon

Kupe de la Liga 2-oʻrin sohibi: 2019-20-yil.

Manbalar

Havolalar

Profile Olympique Lyonnais saytida

Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:AS Saint-Priest futbolchilari Turkum:Olympique Lyonnais futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Championnat National 2 futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari