Cristiano Preigchadt Cordeiro () (1973-yil 14-avgustda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi. Hozirda u Hong Kong Premyer-ligasining Eastern klubida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.

Braziliyada tugʻilgan, Hong Kongni xalqaro miqyosda himoya qilgan.

Futbolchilik faoliyati Cordeiro oʻz faoliyatini Rio Grande do Suldagi Sport Club Internacionalda boshlgan. Hong Kongga koʻchib oʻtishdan oldin u „Brasil de Farroupilha“ va „Fortaleza EC“ klublarida oʻynagan.

Cordeiro 1998-yilda Hong Kong birinchi divizioni vakli Janubiy Xitoyga kelib qoʻshilgan. 2003/2004-yilgi mavsumda klub tomonidan olib borilgan umumxitoy siyosati tufayli u boshqa birinchi divizion klubi Xiangxue Sun Heiga oʻtgan.

Cordeiro ikki marta Hong Kongda yilning eng yaxshi futbolchisi (2000/2001 va 2004-2005) boʻlgan va oʻshandan beri u koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritgan.

2006-yil sentyabr oyida u Hong Kongning doimiy oʻyinchisi boʻlgan holda, Hong Kong SAR pasportiga ariza topshirgan va Hong Kong terma jamoasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan. U 2007-yil OFK kubogi saralash bosqichi doirasida 2006-yilning 11-oktyabrida Qatarga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushgan.

Murabbiylik faoliyati Cordeiro 2013/14-yilgi mavsumda „Eastern“ga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshilgan. 2013-yil 9-oktyabrda u 2015-yilning iyuniga qadar „Eastern“ bosh murabbiyi etib tayinlangan.

2016-yilda Cordeiro Kitcheega yordamchi murabbiy sifatida qoʻshilgan.

2019-yil 25-iyun kuni Cordeiro oʻzining sobiq jamoadoshi Cheng Siu Chung qoʻl ostida Southernga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshilish uchun Kitcheedan isteʼfoga chiqgan . 2020-yil 16-martda Cheng ketganidan soʻng Cordeiro Pui Xo Vang bilan birga „Southern“da bosh murabbiy boʻlgan . 2020-yil 29-iyun kuni Cordeiro Southernni tark etgan.

Xalqaro faoliyati

#SanaJoyRaqibNatijaUrgan gollariSardor boʻlganMusobaqa111.10.2006Al-Gharafa Stadioni, Doha, Qatar0-202007 AFC Osiyo Kubogi Saralash215.11.2006Mong Kok Stadioni, Hong Kong2-002007 AFC Osiyo Kubogi Saralash31.06.2007Bung Karno Stadioni, Jakarta, Indonesia0-30(c)Oʻrtoqlik410.06.2007So Kon Po Recreation Ground, Hong Kong2-10(c)2007 Hong Kong-Macau519.06.2007Estádio Campo Desportivo, Macau1-10(c)2008 EAFF Chempionati621.06.2007Estádio Campo Desportivo, Macau15-11(c)2008 EAFF Chempionati724.06.2007Estádio Campo Desportivo, Macau0-10(c)2008 EAFF Chempionati821.10.2007Gianyar Stadioni, Gianyar, Indonesia3-202010 FIFA Jahon Chempionati Saralash919.11.2008Macau MUST Stadioni, Macau9-10(c)Oʻrtoqlik1014.01.2009Hong Kong Stadioni, Hong Kong2-10(c)Oʻrtoqlik1121.01.2009Hong Kong Stadioni, Hong Kong1-30(c)2011 AFC Osiyo Kubogi Saralash1228.01.2009Ali Muhesen Stadioni, Sanaʼa, Yemen1-00(c)2011 AFC Osiyo Kubogi Saralash139.10.2009Outsourcing Stadioni, Shizuoka, Japan0-60(c)2011 AFC Osiyo Kubogi Saralash

Manabalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gonkonglik erkak futbolchilar