Jean-Eudes Maurice () (1986-yil 21-iyunda tugʻilgan) — Belgiyaning UR Namur jamoasida oʻynaydigan professional futbolchi. U oʻzining tezkorligi va aniqligi bilan mashhur. Fransiyada tugʻilgan, Gaiti terma jamoasini xalqaro miqyosda himoya qiladi va 2013-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida jamoa aʼzosi boʻlgan.
Klubdagi faoliyati Maurice oʻz faoliyatini mahalliy US Alfortville klubida oʻynashdan boshlagan. Klubda yetti yil oʻtkazgandan soʻng, u UJA Alfortville jamoasiga qoʻshilgan. U klubda oʻynab yurganida parijliklar eʼtiboriga tushib qolgan va 2007-yilda jamoaga kelib qoʻshilgan. Maurice 33ta oʻyinda maydonga tushgan va 3ta gol urgan. Maurice mavsum davomida „Bastia“ga qarshi Fransiya kubogi oʻyinida asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan, ammo u zahiradan oʻrindigʻidan maydonga tushirilmagan. 2008-yil 19-iyunda u oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan va kattalar jamoasiga bir yilga qoʻshilgan. Unga kattalar jamoasida 21-raqamli libos berilgan.
2008/2009-yilgi mavsumda Maurice birota liga oʻyinida maydonga tushmagan, lekin UEFA kubogida Ukrainaning „Dinamo Kiyev“ klubiga qarshi 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda 75-daqiqada zahiradan maydonga tushib klub tarkibidagi rasmiy debyutini oʻtkazgan. Bu uning mavsumdagi yagona oʻyini boʻlgan. 2009-yilning 11-mayida u Parij klubi bilan yangi 3 yillik shartnoma imzolagan va klub tarkibida 2012-yilgacha qolishi maʼlum boʻlganJean-Eudes Maurice prolonge.
Chennaiyin FC 2014-yil oktyabr oyida Maurice Hindiston Superligasi klubi Chennaiyin FC bilan qisqa muddatli shartnoma imzolagan. U klub uchun birinchi golini FC Goa ga qarshi oʻyinda kiritgan.
Nea Salamis Mauricening Chennaiyin bilan shartnoma mavsumi tugagach, u Kipr birinchi divizionida Nea Salamis jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U Kipr klubi bilan olti oylik shartnoma imzolagan. Maurice „Anortosis“ga qarshi oʻyinda jamoa tarkibida debyut qilgan.
Taraz 2017-yilning mart oyida Maurice Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Taraz“ bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Aktobe Maurice 2018-yilning mart oyida Qozogʻistonning „Aktobe“ klubiga oʻtgan.
UR Namur Sinov va bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlaridan soʻng, Maurice 2020-yil yanvar oyi oxirida Belgiyaning toʻrtinchi divizion vakili UR Namur bilan shartnoma imzolaganTransfert: Jean-Eudes Maurice chez les Merles, lavenir.net, 31 January 2020. U jamoa bilan bir yillik shartnoma tuzgan. Uning klubdagi ilk rasmiy uchrashuvi 2020-yilning mart oyida boʻlganJean-Eudes Maurice: „Content et soulagé d’avoir pu enfin jouer pour Namur“, dhnet.be, 9 March 2020.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolParis Saint-Germain2008—2009Liga 100000010—102009—2010Liga 1231312100—2832010—2011Liga 1100201080002102011—2012Liga 1100000200030Jami341513111000533Lens (Ijara)2011—2012Liga 21910010——201Le Mans (Ijara)2012—2013Liga 2801000——90Chennaiyin2014Hindiston Super Ligasi81————81Nea Salamis2014—2015Kipr Birinchi Divizioni5100———51Sài Gòn2016V.Liga 172———72Taraz2017Qozogʻiston Premyer Ligasi25410———264Aktobe2018Qozogʻiston Premyer Ligasi14110———151Karyerada jami1201171411100014313
Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollarMilliy terma jamoa YilOʻyin Gol Gaiti 2011-yil 6 5 2012-yil 2 2 2013-yil 7 2 2014-yil 1 0 2015-yil 7 2 2016-yil 5 0 Jami 28 12
Yutuqlari Parij Sen-Jermen
Fransiya kubogi : 2009—2010
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Gaitilik erkak futbolchilar Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar