Olimpiya shaharchasi — Toshkent shahrining sharqiy qismida, Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻyida joylashgan shaharcha. Shaharcha 2022-yil 9-noyabrdan 2025-yil 18-avgustgacha Xitoyning CAMC Engineering qurilish kompaniyasi tomonidan qurib bitkazilgan.
Tarixi thumb|280px|right|Olimpiya shaharchasi binosining ichki koʻrinishi Olimpiya shaharchasi Toshkentning sharqiy qismidagi Yashnobod tumanida, Toshkent Sharqiy Aeroportiga tutash hududda joylashgan. Unga tamal toshi qoʻyish marosimda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi . Shaharchani qurish ishlari Xitoyning „CAMC Engineering“ kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan . Shaharcha qurilish ishlari 2022-yil boshlanib, 2025-yilda tugashi belgilangan edi. 2024-yil 2-dekabr kuni Oʻzbekiston Olimpiya shaharchasi qurilishini belgilangan muddatda yakunlay olmasligini maʼlum qildi hamda Osiyo Oʻyinlari boshlanishiga 9 oy vaqt qolganda mezbonlikdan voz kechadi . Shaharchada tennis, voleybol, futbol, chim ustida xokkey, yengil atletika kabi sportlar boʻyicha 15 ta ochiq maydon, shuningdek, muzey hamda ofislarni oʻz ichiga olgan maʼmuriy bino, sunʼiy koʻl va bogʻ barpo etilishi belgilangan .
2025-yil 18-avgust kuni shaharchaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Shaharcha Olimpiya shaharchasining hududi 100 gektarga teng. Shaharchada olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoshabinni sigʻdira oladigan suv sporti saroyi, velodrom, yakkakurashlar va jamoaviy oʻyinlar majmualari bunyod etiladi . Shaharcha markazida joylashgan staidon 12 ming tomoshabinga moʻljallangan. Xalqaro musobaqalar chogʻida bu yerda tantanali marosimlar oʻtkaziladi. Yashil maydon va 9 qatordan iborat yugurish yoʻlagida yengil atletikaning 48 yoʻnalishi boʻyicha sport bellashuvlarni oʻtkazish mumkin.
Shaharcha qurilishi yakunlangach Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi shu yerga koʻchirilishi belgilangan. Bundan tashqari, 400 o‘rinli paralimpiya yotoqxonasi hamda sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi qurilishi yakuniy bosqichda. Shaharchadagi barcha inshootlar energiya jihatidan tejamkor bo‘ladi, avtoturargohlar ustiga quyosh panellari o‘rnatiladi.
Yana qarang Oʻzbekistondagi shaharchalar Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
Manbalar
Havolalar Toshkentdagi "Olympic City"ga sayohat: 290 million dollarlik loyiha qanday bo'ldi? YouTube saytida Turkum:Oʻzbekistondagi shaharchalar