Kamo Hovhannisyan () (1992-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) – armanistonlik futbolchi, hozir Armaniston terma jamoasi va Qozogʻiston Premyer-ligasining „Astana“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Kamo Hovhannisyan Yerevanda Artashes va Gayane Hovhannisyanning oilasida tugʻilgan. U 6 yoshida futbol bilan shugʻullana boshlagan va ikki yildan soʻng Shengavit futbol maktabiga qabul qilingan. Shengavitni tanlashiga sabab u maktabning futbolchi uyiga yaqinligini taʼkidlagan. Uning oilasi haqiqiy futbol muhlislari edi. Kamo ham shu tariqa futbolchi boʻlishga qaror qilgan. Bundan tashqari, ukasi Hovhannes ham uning izidan borib futbolchilikni tanlagan. Shengavitda u ikki yil oʻynagan, shundan soʻng otasining istagiga binoan u Pyunik futbol maktabiga borgan. 2008-yilgi mavsumda Hovhannisyan 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi oʻyinchilarini yigʻgan Patani klubida oʻynagan. Keyingi mavsumda u yana Pyunikga koʻchib oʻtgan. Hovhannisyan asosan Birinchi ligada oʻynagan. 2009-yilda u Pyunik bilan shartnoma imzolagan. Uning asosiy klubdagi debyuti 2009-yilgi mavsumda boʻlgan. Bu oʻyin 7-aprel kuni Armaniston kubogi chorak finalida Kilikiyaga qarshi javob oʻyinida oʻtkazilgan. Hovhannisyanning Armaniston Premyer-ligasidagi debyuti toʻrt kundan soʻng yana Kilikiya jamoasiga qarshi oʻtkazilgan. Har ikki uchrashuvda ham Pyunik jamoasi raqibi ustidan gʻalaba qozongan. 2011-yilning 12-iyulida Chexiyaning „Viktoriya Plzen“ klubiga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi oʻyinda „Pyunik“ 0:4 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda Hovhannisyan asosiy tarkibda maydonga tushgan.
2018-yilning 16-yanvarida „Alashkert“ FK Hovhannisyanning 2020-yilning 1-avgustiga qadar jamoa bilan shartnoma imzolagnini eʼlon qilgan. Biroq, 2018-yil 23-yanvarda Hovhannisyan Qozogʻiston Premyer-ligasining „Jetisu“ klubiga oʻtgan. 2020-yilning 11-yanvarida Hovhannisyan ikki yillik shartnoma asosida Qozogʻiston Premyer-ligasining "Qayrat" klubiga qoʻshilgan.
2022-yil 19-yanvarda Hohvannisyan Astana jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati Hovannisyan 2012-yilning 28-fevralida Serbiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Armaniston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolPatani2008Armaniston Birinchi Divizioni150——150Pyunik-22009Armaniston Birinchi Divizioni55———55Pyunik2009Armaniston Premyer Ligasi40——40201016040001021020112502020—2702012—201342105120—49112013—20142235120102842014—20152695020—3392015—20162632041—3242016—20171422220—184Jami175272541412021632Torpedo-BelAZ Zhodino2017Belarus Premyer Ligasi28331—10324Jetisu2018Qozogʻiston Premyer Ligasi31100——311201927500——275Jami58600----586Qayrat2020Qozogʻiston Premyer Ligasi14100100015120212546012110445Jami3956013110596Astana2022Qozogʻiston Premyer Ligasi2000—0020Karyerada jami322463452724038753
Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Armaniston 2012-yil 5 0 2013-yil 9 0 2014-yil 6 0 2015-yil 6 0 2016-yil 4 0 2017-yil 7 0 2018-yil 5 0 2019-yil 8 0 2020-yil 4 1 2021-yil 1 0 2022-yil - - Jami 55 1 +# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 114.11.2020 A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya 1-0 1-1 2020-2021 UEFA Millatlar ligasi C
Yutuqlari
Klub "Qayrat" FK
Qozogʻiston Premyer-ligasi (1): 2020
Pyunik
Armaniston Premyer-ligasi (2): 2009, 2010 Armaniston kubogi (2): 2009, 2010 Armaniston Superkubogi 2-oʻrin (1): 2010 Armaniston Superkubogi sohibi (1): 2009
Manbalar
Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Armanistonlik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar