Kurtlar Vadisi Pusu Pana Film tarafidan tayyorlangan, dastlab 2003-yil 15-yanvarda efirga uzatilgan siyosiy turdagi turk teleserialidir.
2007-yilning 19-aprelida boshqa nom bilan efirga uzatilgan siyosiy, politik ruhdagi „Kurtlar Vadisi Pusu“ serialining dastlabki uch fasli Show TVda namoyish etilgan. Serialning 4-mavsumi moliyaviy sabablarga koʻra Star TV orqali efirga uzatilgan. Biroq, payshanba oqshomida efirga uzatiladigan UEFA Yevropa ligasi oʻyinlari bilan serial qismlarining vaqti parallel boʻlib qolganligi sababli, „Kurtlar Vadisi Pusu“ serialininng 5-mavsumi ATVda namoyish etilgan. Serial 6-mavsumdagi faoliyatini TNTda davom ettirgan. TNT yopilishi munosabati bilan 7 va 8-mavsumlari ATV da namoyish etilgan. Keyinchalik, 9 va 10-fasllari „Kanal D“ telekanali orqali efirga uzatilgan.
Mavzu Polat Alemdar oʻziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajaradi va Turkiyada mafiyaning tepasida turgan Kurtlar Konseyi (Qashqirlar kengashi)ni qulatadi. Bu ishi orqali Turkiyadagi mafiya tuzilmasiga barham beradi. Topshiriqni muvaffaqiyatli bajargach, Polat Alemdar Jamoat Xavfsizligi Tashkiloti (KGT) rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi, shuningdek, davlat tarafidan yuklatilgan muhim operatsiyalarni amalga oshirish uchun bir qancha rejalar tuzadi. Ammo, unga berilgan yangi topshiriq avvalgisidan xavfliroq edi.
Terminologiya
Oqsoqollar kengashi (İhtiyarlar Heyeti): Turk davlati tashkil topgan kundan boshlab bugunga qadar faoliyat yuritayotgan sirli tashkilot. Turk davlatining global kuchlarga qarshi mintaqaviy kuchga aylanishi uchun xizmat qiladi.
Oqsoqol (Aksaçlı): U Oqsoqollar Kengashining aʻzosi va aʻzolar orasidan saylanadigan hamda qoʻmitani boshqaradigan shaxsdir. Oxirgi oqsoqol - Hoca hisoblanadi.
Regent (Naip): U oqsoqolning birinchi raqamli odami va yordamchisi. U delegatsiya aʻzosi emas. Oxirgi taniqli regent Abdulhey.
Qizil Kitob (Kırmızı Kitap): Bu Turkiyaning barcha sirlarini oʻz ichiga olgan kitob. Maxfiy qurollar, maxfiy xonalar, strategik tadqiqot markazlari va delegatsiyaga aloqador boʻlgan shuningdek, mamlakat strategiyasini ishlab chiqishda muhim rol oʻynaydigan odamlarning joylashuvlari ushbu kitobga kiritilgan. Qizil kitob Oqsoqollar kengashi himoyasida boʻladi.
Nasabnoma kitobi (Soy Kitabı): Bu delegatsiyaning barcha aʻzolari vafot etgan taqdirda yangi delegatsiyani tuzadigan xususiy shaxslarni oʻz ichiga olgan kitob.
Rasadi qoʻriqchilari (Rasadi Muhafızları): Ular „Nasabnoma kitobi“ning qoʻriqchilari boʻlgan jamoadir. Ularning kimligini va qayerdaligini hech kim bilmaydi. „Nasabnoma“ kitobi zarurat boʻlmasa paydo boʻlmaydi.
Xudo togʻi (Tanrı Dağı): Turklarning eng qadimiy odatiga koʻra, oʻliklar Xudo togʻiga yuboriladi.
Jamoat Xavsizligi Tashkiloti (Kamu Güvenliği Teşkilatı) (KGT) - Aslan Akbey tomonidan asos solingan. Dastlab norasmiy muassasa, keyinchalik rasmiy muassasaga aylangan boʻlsa-da, toʻgʻridan toʻgʻri Oqsoqollar Kengashi tasarrufida hisoblangan.
Kiber xavfsizlik agentligi (Siber Güvenlik Teşkilatı): Tashkilot bevosita Oqsoqollar kengashiga boʻysunadi. Kiber xavfsizlik uchun maʻsul. Kiber xavfsizlik boʻyicha soʻnggi mutaxassis Erdem edi. U vafot etganidan keyin qayta tiklanmagan.
Moliyaviy xavfsizlik agentligi (Finansal Güvenlik Teşkilatı): Bu tashkilot ham Oqsoqollar kengashiga boʻysunadi. Bu global kapital urushlarda mamlakat manfaati uchun ishlaydigan muassasa. Sami Bey ushbu muassasaning oxirgi boshligʻi edi, u vafot etganidan keyin qayta tiklanmagan.
Siyah Sancak: Bu Oqsoqollar kengashiga qarashli jamoa. Bu jamoa Armagedon jamoasiga qarshi kurashadi. Polat Alemdar buyrugʻi bilan Kara tomonidan asos solingan. Biroq, Karaning kutilmagan oʻlimi va Suriyada qolgan jamoa aʻzolari ShEDİD tarafidan oʻldirilgach, jamoa Polatning buyrugʻi bilan Yasin tomonidan qayta tiklanadi va kurashlarini davom ettiradi. Natijada, ShEDIDni magʻlub etishadi. Jamoaning soʻnggi rahbari - Yasin.
Ocaklar:Birinchi jahon urushi boshlanganda Usmonli imperiyasi mudofaasini yaxshiroq qilish uchun markaz boʻlgan Istanbulni mustahkam ushlab, Rumeliya va Arabiston yarim oroli yerlarida yangi davlatlar tuzishgan. Usmonli imperiyasi bu davlatlarda hukmronlik qilishgan. Turkiyaning Anadoludagi istiqlol urushidagi g’alabasida ocaklar katta jonbozlik koʻrsatishgan. Omar Baba vafotidan soʻng ocaklarning Istanbuldagi maxfiy kotibi Suha Tarik Polatga ocaklarning bosh kotibi Omar Baba ekanligini hamda uning maxfiy vasiyatini maʻlum qiladi. Omar Baba oʻzining yashirin vasiyatida ocaklar rahbarligini Polatga berilishini xohlagan. Shunda Polat buni qabul qilib, Ocaklar boshligʻi boʻladi. Ocaklarning oxirgi rahbari Polat Alemdardir.
Qashqirlar kengashi (Kurtlar Konseyi): Bu mafiyalarning eng yuqori kuchi. 1983-yilda Mehmet Karahanli baronligi ostida tashkil etilgan va uning eng taʻsirli yillari 2003—2005-yillar oraligʻida boʻlgan. Kengash 2005-yilda Nizamettin Güvench tomonidan Topinuvchilarlarning buyrugʻi bilan boshlangan operatsiya natijasida tarqatib yuborilgan. Shundan soʻng, Tapınakçılar Vahap Kuzuzadening oʻgʻli Fehmi Kuzuzadega kengashni qayta tuzishni buyuradilar va Fehmi tez orada kengashni qayta tuzadi. Ushbu kengashdagi barcha aʻzolar Polat Alemdar tomonidan, oxirgi baron Fehmi Kuzuzade esa sobiq KGT aʻzosi Zeynep Oʻgʻuz tomonidan oʻldiriladi.
Milliy xavfsizlik kengashi (Ulusal Güvenlik Müsteşarlığı): Uning boshqa nomi - Jamoat xavfsizligi maslahatchilik kengashi. Bu Iskender Buyuk boshchiligidagi maslahatchilik kengashi hisoblanadi. Iskender sogʻligʻi bilan bogʻliq jiddiy muammolar tufayli ishdan boʻshatilgach, Unsal Kemal maslahatchi etib tayinlanadi va uning oʻlimidan soʻng markazning barcha boʻlinmalari tarqatib yuboriladi.
Gladio: Bu Sovuq urush davrida tashkil etilgan yirik davlat tashkiloti. Turkiyadagi eng faol davr 1960—1980-yillar oraligʻida boʻlgan. Eng muhim vakillar Aron Feller va Bulent Fuat Aras hisoblanadi. Aron Feller Polat Alemdar tomonidan oʻldiriladi.
(Topinuvchilar): Bu dunyoni shakllantirish strategiyalariga ega boʻlgan, global kuchlarning tepasida joylashgan maxfiy va universal tashkilot boʻlib, Dogu Eşrefogʻlu Polat Alemdarga bu tashkilotni Mehmet Karahanlining ortidagi soyalar deb taʻriflagan. Ularning asosiy maqsadi Yaqin Sharqni ichki tartibsizliklarga giriftor qilish va Bolqonda katolik-pravoslav urushini boshlashdan iborat boʻlgan. Ayniqsa, Mematining oʻlimidan soʻng, Oqsoqollar kengashini yoʻq qilishga urinadilar, ammo, Polat Alemdarning aqlli harakatlari ular bilan bogʻliq xavfni bartaraf etadi.
Muqaddas Najotkor (Kutsal Kurtarıcı): Tapınakçılarning ilohiy qutqaruvchisi.
(Yüce Majeste): Ilohiy qutqaruvchi. Oxirgi oliy hazratlari Karun edi.
Aktyorlar va Obrazlar Bosh rollar AktyorlarObrazlarAloqadorlikNecati ŞaşmazPolat AlemdarSerialning bosh qahramoni.Gürkan UygunMemati BashPolat Alemdarning odamlari, IHT(KGT) ning dastlabki a'zolariKenan ÇobanAbdülhey ChobanErhan UfakGulli Erhan (Erhan Ufuk)Cahit KayaoğluJahit KayaGaye GürselSafiye KarahanlıMehmet Karahanlıning qizi va Polat Alemdarning singlisi.Hakan BoyavKara (Qora)Polat Alemdar bilan hamkorlik qiladi. Davlatning maxfiy xizmatchilaridan Çiğdem BaturLeyla TürkmenPrakror. Elif Eylul va Polat Alemdarning doʻsti, Polatning rasmiy uchunchi xotiniHatice ŞendilEbru DuruPolat Alemdarning rasmiy birinchi xotiniOsman WöberTuncay KantarcıPolat Alemdarning shifoxonasi direktori.Sönmez AtasoyHalo tog'aSobiq giyohvand moddalar sotuvchisi.Halil İbrahim KalaycıoğluZülfikar Og'aTurkiyadagi alaviylik mazhabining himoyachisi.Ali SürmeliSheref Zazaog'li/Zaza tog'aMafiya boshligʻi, zazalar orasida obro'yli odamAli Buhara MeteAkif DeveciIHT (KGT) agenti.Ertuğrul ŞakarYasinQora bayroq jamoasi komandiri.Burak SevinçTimurQora bayroq jamoasi komandiri.Görkem SevindikPusat ÇakırSüleyman Chaqirning oʻgʻliMusa Uzunlarİskender BüyükArmiyadan boʻshatilgan askar, davlat xizmatchilari orasida obro'yi juda baland shaxs. Yaqin Sharqda va Bolqonda ko'p xizmat qilgan.Can GürzapDavut TataroğluTataroğlu Holding boshligʻiSema Şimşekİnci TataroğluDavut Tataroğluning qizi, Polat Alemdarning rasmiy ikkinchi xotiniHüseyin Avni DanyalYalçın BulutDavut Tataroğluning o'ng qo'li, qo'riqchisi, Qariyalarning odamiZafer AlgözYalçın YıldızDavut Tataroğluning odamiTarkan TüzmenAlper ÖzgençRazvedka agenti.Mesut AkustaÜnsal Kemal AlnıaçıkRazvedka agenti.Ümit AcarErsoy UlubeyRazvedka agenti, davlat xizmatchilari orasida obro'yi juda baland shaxs. Yaqin Sharqda ko'p xizmat qilgan.Recep CinisliMete AğırRazvedka agenti.İbrahim GündoğanMete AymarRazvedka agenti. MRB, Topinuvchilar va RA kabi tuzilmalarga xizmat qiladiDefne SamyeliZeynep Oğuz/Asya TunaKoruma shirkati boshligʻiLevent CanFehmi KuzuzadeVahab Kuzuzade ning o'g'li, Topinuvchilarga xizmat qiluvchi ikkinchi baronYılmaz MeydaneriHakkı BafralıTuran Kaçgarning odami. Keyinchalik Kuzuzade oilasiga sodiq xizmatchiDoğuhan GüneyYusuf KuzuzadeFehmi Kuzuzadening oʻgʻli.Mauro MartinoOliy XazratTopinuvchilarning Oliy Hazratidir.Ertan SabanSoyaTemplar va Dark River otryadining qoʻmondoni.Orhan Edip ErtürkTulki AndreyRossiyalik mafiya, KGB agentiOsman SoykutAron FellerMRBning Istanbuldagi vakili.Gülçin ÇakırLale Zara AynacıTashkilotning yetakchi aʼzolaridan biriMustafa ÜstündağMuroIstanbuldagi tashkilot rahbari.Şekip TaşpınarJevat AkarsuJavit Akarsuning ukasi.Bozkurt KuruçAhmet Kudret HazarbeyoğluHazarbeyoğlu Holding boshligʻiNecoMehmet Fikret HazarbeyoğluAhmet Kudret Hazarbeyoğluning doʻstiSelçuk ÖzerTuran KaçgarKachgar Holding boshligʻiEcder AkışıkCelal KaracadağKaracadağ Holding boshligʻiNefise KaratayAhu TorosToros Holding boshligʻi
Efir taqvimi Mavsum Efir kuni va vaqti Mavsum boshlanishi Mavsum finali olingan epizod raqam Boʻlim diapazoni Nashr qilingan yili TV kanali 1-mavsum Payshanba 20:00 2007-yil 19-aprel 2007-yil 14-iyun 9 1-9 2007-yil Show TV 2-mavsum 2007-yil 20-sentyabr 2008-yil 5-iyun 32 10-41 2007—2008-yillar 3-mavsum 2008-yil 9-oktyabr 2009-yil 11-iyun 22 42-63 2008—2009-yillar 4-mavsum 2009-yil 24-sentyabr 2010-yil 3-iyun 30 64-93 2009—2010-yillar Star TV 5-mavsum 2010-yil 23-sentyabr 2011-yil 9-iyun 35 94-128 2010—2011-yillar atv 6-mavsum 2011-yil 22-sentyabr 2012-yil 7-iyun 33 129-161 2011—2012-yillar TNT 7-mavsum 2012-yil 13-sentyabr 2013-yil 6-iyun 34 162-195 2012—2013-yillar atv 8-mavsum 2013-yil 12-sentyabr 2014-yil 12-iyun 196-229 2013—2014-yillar 9-mavsum 2014-yil 18-sentyabr 2015-yil 11-iyun 230-263 2014—2015-yillar Kanal D 10-mavsum 2015-yil 17-sentyabr 2016-yil 16-iyun 37 264-300 2015—2016-yillar
Reytinglar Serialning reytingi asosan yuqori boʻlgan. Birinchi fasllarda, aksariyat epizodlar 13-14 atrofida boʻlsa, u koʻpincha 15-16-oʻrinlarni egalladi. Televizorda eng koʻp tomosha qilingan epizod 19 va 20-reytinglari bilan 48-qism hisoblanadi. Ammo, 6-mavsum, ayniqsa TNTda, past koʻrsatkich qayd etgan. Kanal D ga oʻtgandan soʻng efirga uzatilgan 9 va 10-mavsumlarda reytinglar oʻrtacha boʻlgan, lekin, avvalgi fasllardan pastroq edi. Serialning oxirgi 10-qismida jiddiy pasayish kuzatildi va yakuniy qism hisoblangan 300-qismida esa 4,11 ball bilan Qashqirlar makoni tarixidagi eng past reytingni oldi.
Sharhlar Serial baʼzi sobiq davlat amaldorlarining qanday boʻlganligini, ularning davlatni qanday boshqarganligini koʻrsatib bergan. Bu sahnalar quyidagi qahramonlar timsolida taʻsvirlab berilgan: Palaska Zafer (Muzaffer Tekin), Kazim Kaşifogʻlu (Kaşif Kozinoğlu), Mete Aymar (Mehmet Eymür). Boshqa tomondan, serial oʻtmishdoshi „Kurtlar Vadisi“ dizisining muvaffaqiyatidan foydalanib, omma nazarida turli yoʻnalishlarni yaratishga harakat qilayotganligi ham daʼvo qilingan. Garchi prodyuserlar idrok daʼvolarini inkor etsalar-da, vaqti-vaqti bilan serialda turli allegoriyalarni koʻrish mumkin.
Manbalar
Havolalar
Kanal Ddagi Kurtlar Vadisi Pusu Wolves Valley Ambush IMDb Facebook Kurtlar Vadisi Pusu Instagramda Kurtlar Vadisi Pusu Twitterdagi Wolves Valley Ambush Vadisi Pusu YouTubeʼda Turkum:Istanbulda suratga olingan teleseriallar Turkum:2007-yilda boshlangan turk seriallari Turkum:Turkiya drama teleseriallari