George David Dobson () (1997-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. George Dobson „Charlton Athletic“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi George Dobson 2009—2014-yillarda Essexdagi Brentwood maktabida tarbiyalangan.

Klubdagi faoliyati Dobson 8 yoshida „Arsenal“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. Keyinchalik, u 2015-yil 28-iyulda „West Ham United“ futbol klubiga qoʻshilgan. Oʻsha paytda 17 yoshda boʻlgan George Dobson toʻgʻridan-toʻgʻri klubning U21 jamoasiga kiritilgan va 2015—2016-yilgi mavsumda klubning asosiy jamoasi tarkibida tez-tez maydonga tushib turgan. „Arsenal“ klubida Dobson markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. George Dobson bolaligidan „West Ham United“ futbol klubiga muxlislik qilgan va bu 2015-yilda klubga qoʻshilish qarorida yordam bergan.

2016-yilning 29-iyunida Dobson Birinchi liga vakili „Walsall“ futbol klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilish uchun shartnoma imzoladi. George Dobson EFL kubogidagi ilk oʻyinini oʻz uyida „Yeovil Town“ futbol klubini 2:0 hisobida magʻlub etgan uchrashuvda oʻtkazdi.

2017-yilning 16-iyulida Dobson „Sparta Rotterdam“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi. George Dobson 2017—2018-yilgi yanvar oyi transfer oynasida ikki yarim yillik shartnoma asosida „Walsall“ futbol klubiga qayta qoʻshildi.

2019-yil 25-iyulda Dobson „Sunderland“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U „Sunderland“ klubi safidagi ilk golini 2019-yilning 28-avgustida „Burnley“ klubiga qarshi EFL kubogi bahsida kiritdi.

George Dobson 2021-yilning 1-iyulida „Charlton Athletic“ futbol klubiga oʻtdi va klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarWest Ham United2015—2016Premer liga00000000002016—2017Premer liga0000000000Jami0000000000Walsall (ijara)2016—2017Birinchi liga211001040261Sparta Rotterdam2017—2018Eredivisie5000—0050Jong Sparta2017—2018Tweede Divisie61———61Walsall2017—2018Birinchi liga2110000002112018—2019Birinchi liga390302000440Jami812303040912Sunderland2019—2020Birinchi liga2900041203512020—2021Birinchi liga50101041111Jami340105161462AFC Wimbledon (ijara)2020—2021Birinchi liga241000000241Charlton Athletic2021—2022Birinchi liga3812010204312022—2023Birinchi liga181103000221Jami562304020652Jami2066701211212378

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari