right|thumb|270x270px|Takato qal’asidagi Sakura, Ina Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart sanasida shaharda oʻtkazilgan hisob-kitoblarga koʻra, 27587 xonadonda 68.177 nafar aholi istiqomat qilganIna City official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 100 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 667,93 kvadrat kilometr (257,89 mi²) ni tashkil etadi. 2016-yilda sobiq Takato shahri, hozir Inaning bir qismi boʻlib, Yaponiyaning eng goʻzal qishloqlaridan biri sifatida tanlangan公式サイト > 伊那市高遠町 .

Geografiyasi Ina shahri janubiy-markaziy Nagano prefekturasida joylashgan. U sharqda Akaishi togʻlari bilan chegaradosh, jumladan Nyukasa togʻi (1955 metr), Nokogiri togʻi (2685 metr), Senjo togʻi (3033 metr) va Shiomi togʻi (3047 metr) shahar atrofini oʻrab turadi. Shahar boʻylab Tenryu daryosi oqib oʻtadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

Nagano prefekturasi Komagane Shiojiri Suva Chino Suva tumani: Fujimi Kamiina tumani: Minova, Minamiminowa, Miyada Shimoina tumani: Oshika Kiso tumani: Kiso (shahar) Yamanashi prefekturasi Minami-Alplari Hokuto Shizuoka prefekturasi Aoi-ku, Shizuoka

Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Inada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan boʻladi.

Tarixi Hozirgi Ina hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi hisoblangan. Bu hudud Edo davrida Takato domenining bir qismi boʻlgan hamda Ina qal’asini oʻrab turgan jokamachi va Tenryu daryosidagi daryo porti sifatida rivojlangan. Ina qishlogʻi Ina tumani tarkibida munitsipalitetlar tizimini yaratilish vaqtida 1889-yil 1-aprelda tashkil etilgan va 1897-yil 15-oktyabrda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. Ina shahri Tomigata, Misuzu, Tera, Higashiharuchika va Nishiminova (barchasi Kitaiina tumanidan) qishloqlari bilan birlashib, 1954-yil 1-aprelda Ina shahrini tashkil qildi. Ina 1965-yilda Nishiharuchika qishlogʻini ham oʻziga qoʻshib oldi. 2006-yil 31-martda Ina Takato shahri va Hase qishlogʻini (ikkalasi ham Kamiina tumanidan yangi va kengaytirilgan Ina shahrini yaratish uchun) oʻzlashtirib olindi.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraIna population statistics, Ina aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Hukumat Ina toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 21 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.

Iqtisodiyoti Ina iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, guruch, nok, pomidor va sut chorvachiligi uning asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ishlab chiqarish sektori elektronika va texnika asboblarni oʻz ichiga oladi. Rubycon Corporation, elektron komponentlar kompaniyasining bosh qarorgohi ham shaharda joylashgan"Corporate Overview .".

Taʼlim tizimi Inada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 15 ta davlat boshlangʻich maktabi hamda oltita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan uchta davlat yuqori maktabi va bitta xususiy oʻrta maktab bor. Prefekturada bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.

Shaharda bitta xalqaro maktab (Colegio Desafio) — Braziliya boshlangʻich maktabi ham mavjud"Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive)..

Transport

Temir yoʻl

20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Iida liniyasi Akagi — Savando — Shimojima — Inashi — Ina-Kita

Magistral yoʻl

link=|alt=E50|24x24px Nagano tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 152 Milliy yoʻnalish 153 Milliy yoʻnalish 361

Qardosh shahar munosabatlari

Xalqaro

 — Pekin, Xitoy 1994-yil 22-noyabrdan buyon

Mahalliy

Chita, Aichi prefekturasi (1994-yil 7-noyabrdan doʻstlik shahri sifatida eʼlon qilindi) Miyake, Tokyo (1970-yil 21-aprelda ittifoqchi boʻldi) Shinjuku, Tokio (1986-yil 12-iyuldan) Aizuvakamatsu, Fukusima (2004-yil 24-sentyabrdan) Ivanashiro, Fukusima (1994-yil 23-sentyabrdan) Ivata, Shizuoka prefekturasi (1984-yil 1-avgustda ittifoqchi boʻldi)

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Takato qal’asi

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb -sayt

Turkum:Nagano prefekturasidagi shaharlar Turkum:Ina (Nagano)