Lina Alekseyevna Fyodorova (; 1997-yil 20-dekabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalada qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Maksim Miroshkin bilan birga ikki karra oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining chempioni, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori va 2013-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempioni boʻlgan.
Faoliyati left|thumb|250x250px| Fyodorova va Miroshkin murabbiy Vladislav Jovnirskiy bilan 2014 — 2015-yilgi musobaqada Lina Fyodorova 2009-yildan Maksim Miroshkin bilan juftlikda konkida uchishni boshlagan.
Fyodorova / Miroshkin juftligi 2011 — 2012-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida debyut qilib, Avstriyada otkazilgan bosqichda 5-oʻrinni egallagan. Ular 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdilar.
Fyodorova / Miroshkin juftligi kelasi mavsumda Avstriya va Germaniyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Gran-pri musobaqalarida kumush va oltin medalni qo‘lga kiritib, finalga yo‘llanma olgan. 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Warsaw Cup turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgandan soʻng, Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan finalda ishtirok etishgan va u yerda ham oltin medal sohibiga aylanishgan. Fyodorova / Miroshkin oʻrtasidagi ozlarining ilk kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida 8-oʻrindan joy olgan. Ular 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qisqa dasturda 7-oʻrindan joy olib, erkin dasturda birinchi oʻrinni egallagan va umumiy natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritganlar.
Fyodorova / Miroshkin juftligi 2014 — 2015-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida Julianne Seguin / Charli Bilodea juftligiga yutqazib 2-oʻrinni egallagan. Keyingi musobaqada ular yana bir kumush medalni qoʻlga kiritib, Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan uchinchi finalga yoʻllanma olganlar. Finalda esa juftlik 165,78 ball to‘plagan holda kumush medalni qo‘lga kiritgan. Keyin juftlik 2015-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Shaxsiy hayoti Lina Alekseyevna Fyodorova 1997-yil 20-dekabrda Moskvada tugʻilgan. Uning singlisi Lana ham figurali uchish bilan shug‘ullanadi.
Dasturlari MavsumQisqa dasturErkin dastur2014 — 2015 Feeling Good Michael Bublé Korobushko Bond2013 — 2014 Clowns and Kids Suite Alfred Schnittke Cabaret Liza Minnelli2012 — 2013 Singinʼ in the Rain Nacio Herb Brown Hernandoʻs Hideaway (The Pajama Game dan) Jerry Ross2011 — 2012 Singinʼ in the Rain Nacio Herb Brown Circus medley
Natijalari CS: Challenger seriyasi (2014 — 2015-yilgi mavsumda boshlangan); JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Fyodorova bilan XalqaroMusobaqa2009 — 102010 — 112011 — 122012 — 132013 — 142014 — 152015 — 16GP Cup of ChinaWDCS Ice Challenge1ㅤ11CS Warsaw Cup2ㅤ12ㅤ2ㅤXalqaro: OʻsmirlarOʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya chempionati2ㅤOʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati33JGP Final132ㅤJGP Avstriya5ㅤ2ㅤJGP Czech Rep.12ㅤJGP Germaniya12ㅤJGP Slovakiya2ㅤNRW Trophy2ㅤ1Printemps1MilliyRossiya chempionati8ㅤ6ㅤOʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati11ㅤ14ㅤ2ㅤ WD-musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar