Michael Charles Blunden () (1986-yil 15-dekabrda tugʻilgan)—kanadalik sobiq professional xokkeychi. Oʻzining professional faoliyati davomida Michael Blunden Milliy Xokkey Ligasida (NHL) „Ottawa Senators“, „Tampa Bay Lightning“, „Montreal Canadiens“, „Columbus Blue Jackets“ va „Chicago Blackhawks“ xokkey klublari bilan 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushgan.

Oʻyin faoliyati Michael Blunden Ontario Xokkey Ligasi vakili „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi safiga 2005-yilda NHLga kirish loyihasida 43-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi. Michael Blunden 2006-yil 24-mayda „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shartnoma imzolashdan bir necha oy oldin Michael Blunden 2005—2006-yilgi pley-off bosqichida AHLning „Norfolk Admirals“ xokkey klubi („Blackhawks“ klubining shoʻbasi) bilan professional debyut mavsumini oʻtkazdi.

2009-yilning 10-yanvarida Michael Blunden „Blackhawks“ xokkey klubi tomonidan Adam Pineault evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga almashtirildi.

2011-yil 7-iyulda Michael Blunden Ryan Russell evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubidan „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga almashtirildi. 2012-yilning 1-iyulida „Canadiens“ xokkey klubi Michael Blunden bilan yana bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolashdi.

2014-yil 1-iyulda Michael Blunden „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzolash uchun „Canadiens“ xokkey klubini tark etdi.

2015-yil 29-iyunda „Lightning“ klubi Blunden bilan bir yillik ikki tomonlama shartnomani qayta imzolaganini eʼlon qildi. Blunden oʻtgan mavsumda klub bilan 33 oʻyinda maydonga tushib, 13 gol va 22 ochko qayd etdi.

Michael Blunden 2016-yil 1-iyulda „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzolash uchun erkin agent sifatida „Lighting“ xokkey klubini tark etdi. Michael Blunden „Ottawa Senators“ xokkey klubilaridagi debyut oʻyinini 2016-yil 9-noyabrda „Buffalo Sabers“ klubiga qarshi oʻtkazdi.

„Senators“ klubi bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, Blunden Shimoliy Amerikani erkin agent sifatida tark etdi va 2018-yil 18-iyulda Italiyaning „HC Bolzano“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Blunden „Bolzano“ klubi bilan mavsumning 38 oʻyinida 33 ochko toʻpladi.

„Bolzano“ klubini tark etganidan soʻng, Michael Blunden 2019-yil 3-aprelda Germaniyaning „Schwenninger Wild Wings“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi.

Shaxsiy hayoti Michael Blunden 1986-yil 15-dekabrda Kanadaning Ontario shtati, Toronto shahrida tugʻilgan. Uning Jennifer Blunden ismli bir singlisi va ikkita ukasi, Stephen Blunden va Sean Blunden, bor. Ularning ikkalasi ham xokkeychi hisoblanishadi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaGPGolAssistOchkkoPenaltiGPGolAssistOchkoPenalti2001—2002Gloucester RangersCJHL20002—————2002—2003Erie OttersOHL631071755—————2003—2004Erie OttersOHL5222173953300002004—2005Erie OttersOHL6122194175200022005—2006Erie OttersOHL6046388463—————2005—2006Norfolk AdmiralsAHL111562100002006—2007Norfolk AdmiralsAHL1745915—————2006—2007Chicago BlackhawksNHL900010—————2007—2008Rockford IceHogsAHL741621378312134352007—2008Chicago BlackhawksNHL10000—————2008—2009Rockford IceHogsAHL37371042—————2008—2009Syracuse CrunchAHL399122168—————2009—2010Columbus Blue JacketsNHL4022459—————2009—2010Syracuse CrunchAHL25791643—————2010—2011Springfield FalconsAHL371292141—————2010—2011Columbus Blue JacketsNHL10000—————2011—2012Hamilton BulldogsAHL1735812—————2011—2012Montreal CanadiensNHL3922427—————2012—2013Hamilton BulldogsAHL5410122276—————2012—2013Montreal CanadiensNHL500041000102013—2014Hamilton BulldogsAHL6818193779—————2013—2014Montreal CanadiensNHL70005—————2014—2015Syracuse CrunchAHL331392228—————2014—2015Tampa Bay LightningNHL51002—————2015—2016Syracuse CrunchAHL4921173868—————2015—2016Tampa Bay LightningNHL2032534700042016—2017Binghamton SenatorsAHL6714152957—————2016—2017Ottawa SenatorsNHL20004—————2017—2018Belleville SenatorsAHL456101695—————2017—2018Ottawa SenatorsNHL10000—————2018—2019HC BolzanoAUT38161733325235332019—2020Schwenninger Wild WingsDEL4913102336—————AHL5731371552927091313435NHL1277613145800014

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija GP Gol Assist Ochko Penalti 2003-yil Kanada U18 4 5 1 1 2 8 2006-yil Kanada WJC 6 2 3 5 8 Oʻsmirlar 11 3 4 7 16

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar