Timo Furuholm (1987-yil 11-oktabrda tugʻilgan) — FInlandiyalik sobiq professional futbolchi. Finlandiyaning Pori shahrida tugʻilgan va faoliyatini mahalliy FC Jazzda boshlagan. 2003-yilda 15 yoshida Veikkausliigada debyuti qilgan.
Furuholm 2010-yilning yanvarida, 22 yoshida Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati 16 yoshida Jazzda FF Jaroga qarshi oʻyinga tushdi. Oʻshanda Finlandiya oliy ligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi boʻldi. 2004-yilda 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi.
Inter Turku 2005-yilda „Inter Turku“ bilan shartnoma imzoladi. Oʻshandan beri koʻplab jarohat oldi. 2007-yilgi mavsumda „Inter“ safida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Keyingi mavsumda tizzasidan olgan jarohati tufayli uch oyni oʻtkazib yubordi. Bor-yoʻgʻi toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi va toʻrtta gol urdi. Keyingi mavsumda butun mavsumni jarohatlarsiz oʻtkaza oldi, jami 23 ta oʻyinda maydonga tushdi va 11 ta gol urdi. 2011-yilgi mavsumda ligada 22 ta gol urdi, Veikkausliigada rekordchi boʻldi. 2011-yilgi mavsumdan soʻng „Inter“ bilan shartnomasi tugadi va erkin agentga aylandi.
Fortuna Düsseldorf 2012-yil 10-yanvarda 2. Fußball-Bundesliga vakili Fortuna Düsseldorf Furuholm bilan shartnoma imzoladi, uning shartnomasi 2014-yilning iyunigacha amal qilardi. Ammo, bir yil oʻtgach, vatandoshi Kristian Kojola bilan „Hallescher“ klubiga ijaraga berildi. Mavsumni sakkizta gol bilan yakunladi va Hallening mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi.
Hallescher thumb| Timo Furuholm 2013-yilda Esensdagi mashgʻulotlarda. 2013-yil 26-avgustda Hallescher FC bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2013—2014-yilgi mavsumda 12 ta gol urdi va oʻz jamoasining eng yaxshi toʻpurari, Liganing 8-toʻpurari boʻldi.
Inter Turkuga qaytish 2016-yil 7-dekabrda Furuholmning Inter Turkuga qaytishi eʼlon qilindi.
Xalqaro faoliyati Furuholm 2010-yilning yanvarida Finlandiya terma jamoasi safida Ispaniyaning Malaga shahrida Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Hermanni Vuorinen oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda debyut qildi. Milliy terma jamoadagi ilk golini 2011-yilning 10-avgustida Latviyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida, ikkinchi golini 2012-yilning 20-fevralida Avstriyaga qarshi oʻyinda kiritgan. Ilk bor 2012-yilning 25-may kuni Turkiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga kiritilgan.
Shaxsiy hayoti Furuholmning otasi sobiq Finlandiya futbolchisi va Eurosport sharhlovchisi Tapio Furuholm. Oilali, 2014-yil fevral oyida tugʻilgan qizi bor.
2020-yilda Furuholm Turku universitetida ijtimoiy fanlarni oʻrganishni boshlagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavusmLigaMahalliy kuboklarYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarJazz2003Veikkausliiga40000040Jami40000040MuSa2004Kakkonen181700001817Jami181700001817VG-622004Ykkönen21000021Jami21000021Inter Turku2005Veikkausliiga510000512006700000702007142000014220089400009420092311002025112010405310103201133223110103Jami9540844010744Fortuna Düsseldorf2011—20122. Bundesliga90000090Jami90000090Hallescher FC2012—20133. Liga16800001682013—20143212000032122014—20153512000035122015—201618310001932016—201720000020Jami10335100010435Inter Turku2017Veikkausliiga427500117Jami427500117Jami faoliyati2359516940255104
Xalqaro gollari # Sana Manzil Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2011-yil 10-avgust Riga 2 — 0 2 — 0 Doʻstona 2. 2012-yil 29-fevral Klagenfurt 1 — 3 1 — 3 Doʻstona
Xalqaro
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarFinlandiya 2010-yil 1 0 2011-yil 4 1 2012-yil 3 1 2013-yil 2 0 Jami 10 2
Yutuqlari
Klub
Inter Turku
Veikkausliiga: 2008-yil Finlandiya kubogi: 2009-yil Finlandiya liga kubogi: 2008-yil
Hallescher FK
Saxony-Anhalt kubogi: 2015, 2016
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Finlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar