Jorge Marco de Oliveira Moraes (talaffuzi: Jorje Marko de Oliveyra Moraes; 1996-yil 28-martda tugʻilgan) — shunchaki Jorge nomi bilan tanilgan braziliyalik professional futbolchi. U Palmeiras va Braziliya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Jorge Braziliyaning 20 yoshgacha boʻlganlar milliy terma jamoasining sobiq aʼzosi.

Klubdagi faoliyati

Flamengo Rio-de-Janeyroda tugʻilgan Jorge 2008-yilda, 11 yoshida Flamengoning yoshlar jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. U kattalar jamoasi safidagi debyutini 2014-yilning 16-martida Campeonato Carioca chempionati doirasida Banguga qarshi 2:2 hisobida durang bilan kechgan oʻyinda qilgan.

2014-yil 26-sentyabrda Jorge Fla bilan 2017-yil dekabrigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi. U 2015-yilda bosh murabbiy Vanderlei Luxemburgo tomonidan asosiy tarkibga kiritilgan.

Jorge Série Adagi debyutini 2015-yilning 1-iyulida Joinvillega qarshi 1:0 hisobida gʻalaba bilan kechgan safar oʻyinida qilgan edi. Keyinchalik u klub bilan yangi shartnoma imzolagan Pablo Armeroni ortda qoldirib, birinchi tanlov oʻyinchisiga aylandi va 6-sentyabr kuni shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi.

Jorge 2016-yilning 29-may kuni Estádio Moisés Lucarelli stadionida Ponte Preta ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, yuqori ligadagi birinchi golini kiritdi. Uning shu toifadagi ikkinchi goli 16-iyul kuni Botafogoga qarshi kechgan derbida (3:3) kiritildi.

2016-yil sentyabrida Braziliya matbuoti Manchester City Jorgeni sotib olishga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan. Ingliz klubi 2015-yilgi FIFA 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ajoyib natija qayd etib, musobaqaning eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb topilganidan keyin uni kuzatishni boshlagan edi.

Monaco 2017-yilning 26-yanvarida Monaco klubi 8,5 million yevro evaziga Flamengodan Jorgeni sotib oldi. Bu Flamengo tarixidagi oʻsha paytgacha boʻlgan eng yirik transfer edi. Dastlabki olti oyda kamdan-kam maydonga tushganidan soʻng, Jorge 2017—2018-yilgi Birinchi liga uchun boshqa jamoaga ketgan Benjamin Mendyning oʻrniga doimiy tarkib oʻyinchisiga aylandi.

Porto (ijara) 2018-yilning 31-avgustida Jorge Portugaliyaning Porto klubiga sotib olish tanlovi bilan mavsumiy shartnoma asosida ijaraga berilishi eʼlon qilindi. Hamyurti Alex Tellesga zaxira oʻyinchisi sifatida u kamdan-kam hollarda maydonga tushdi.

Santos (ijara) 2019-yil 27-mart kuni Jorge Braziliyaga qaytdi va yil oxirigacha ijara asosida Santos bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini 4-aprel kuni, Braziliya kubogi doirasidagi Atletico Goianiensega qarshi safar oʻyinida qildi va jamoasi bilan 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Jorge klubdagi ilk golini 24-aprel kuni oʻsha turnirda CR Vasco da Gamaga qarshi oʻyinda kiritdi.

Basel (ijara) 2-oktyabr kuni Basel klubi Jorge bilan ijara shartnomasini imzolaganini va u mavsum oxirigacha amal qilishini eʼlon qildi. Sinov oʻyinida oʻynagach, Jorge 2020-yil 1-noyabr kuni Kybunparkda kechgan safar oʻyinida yangi klubi safida ichki chempionatdagi debyutini oʻtkazdi va Basel St. Gallen ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2020-yilning 16-dekabr kuni St. Jakob-Park stadionida Young Boysga qarshi kechgan uy uchrashuvida Jorge jarohat olib, 62-daqiqada almashtirilishiga toʻgʻri keldi. Jarohat ogʻir boʻlib chiqdi va operatsiya qildirishni talab qildi, bu esa uni mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligiga olib keldi.

Mavsum oxirida, 2021-yil 22-may kuni klub Jorgening 2021-yil 30-iyunda tugaydigan ijara shartnomasi uzaytirilmasligini va u Monacoga qaytishini eʼlon qildi. Jorge klubdagi bir mavsumida Basel safida jami 7 ta oʻyin oʻtkazib, umuman gol urmagan. Bu oʻyinlarning 5 tasi Nationalliga Ada, 2 tasi oʻrtoqlik uchrashuvlarida kiritilgan.

Xalqaro faoliyati 2017-yilning 19-yanvarida Jorge Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazish uchun ilk bor Braziliya terma jamoasiga chaqirildi.

Faoliyat statistikasi

Klub : KlubMavsumLigaMamlakat ligasiKubokKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarFlamengo2014Série A001000——1020152201031——26120163221714021—554Jami5421917121—825Monaco II2016—2017CFA10————10Monaco2016—2017Liga 121—300000512017—2018221—1040002712019—202000—20——202020—2021——00——00Jami242—604000342Porto (ijara)2018—2019Primeira Liga00—10101030Porto B (ijara)2018—2019LigaPro20————20Santos (ijara)2019Série A291—61——352Basel (ijara)2020—2021Shveysariya Superligasi50—0000—50Palmeiras2021Série A70——000070Faoliyati jami122519120271101699

Xalqaro : Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Braziliya 2017-yil 1 0 Jami 1 0

Yutuqlari

Klub

Flamengo

Campeonato Carioca: 2014

Monaco

Liga 1: 2016—2017

Palmeiras

Copa Libertadores: 2021 Recopa Sudamericana: 2022 Campeonato Paulista: 2022 Campeonato Brasileiro Série A: 2022

Milliy Braziliya U20

FIFA 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 2-oʻrin: 2015

Individual

FIFA 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionati „Turnirining eng yaxshi jamoasi“ aʼzosi: 2015 Campeonato Brasileiro Série A „Yil jamoasi“: 2016 Bola de Prata: 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar