Edgar Iván Pacheco Rodríguez (; 1990-yil 22-yanvarda Meksikaning Gvadalaxara shahrida tugʻilgan) – meksikalik futbolchi, „Antigua Guatemala“ futbol klubi va Meksika terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Edgar Pacheco „Atlas“ futbol akademiyasining bitiruvchisi. 2008-yil 20-yanvarda Edgar Pacheco Meksika Primerasida „Toluca“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Yangi murabbiy kelishi bilan Edgar Pacheco koʻproq harakat qila boshlagan va asta-sekin jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. 19-oktabr kuni „Necaxa“ futbol klubiga qarshi bahsda Edgar Pacheco klub safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan. 2010-yil 31-yanvarda „Santos Laguna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda jamoa darvozaboni oʻrniga maydonga tushgan. 2011-yilning iyun oyida baʼzi Yevropa jamoalari Edgar Pacheconi sotib olishga qiziqish bildirishgan„En Europa queren a Pacheco, pero no hay nada firme“. Informador.com.mx. Retrieved 20 June 2011.. Faoliyatini davom ettirish uchun eng eng munosib jamoa deb portugaliyaning „Benfica“ futbol klubini tanlagan„Edgar Pacheco é alvo encarnado“ . Abola (in Portuguese). Retrieved 21 May 2011..

2011-yil 2-iyunda Edgar Pacheco „UANL Tigres“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan„Es oficial: Atlas vende a Édgar Pacheco a Tigres por cuatro millones“: Goal.com (Spanish). Retrieved 2 June 2011.. Transfer summasi 4 million dollarni tashkil qilgan. 30-iyul kuni „Querétaro“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va shu tariqa yangi klubda debyut qilgan„Pacheco está contento por su debut con Tigres“. Record.com.mx. Retrieved 1 August 2011..

2012-yilning yozida Edgar Pacheco doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun ijara asosida „León“ futbol klubiga oʻtgan. 28-iyul kuni „Tijuana“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „León“ futbol klubi safida debyut qilgan. 2013-yilning 28-aprelida „Atlanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Edgar Pacheco ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. 2014-yilning yozida Edgar Pacheco „Mineros de Zacatecas“ futbol klubi safida yarim yil ijara asosida oʻynagan.

Xalqaro faoliyati 2009-yil 30-sentabrda Edgar Pacheco Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Meksika terma jamoasi safida debyut qilgan. 2011-yilning 9-fevralida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urgan.

2011-yilda Edgar Pacheco jamoada yuz bergan janjal tufayli 8 nafar futbolchi terma jamoadan chetlatilishi sababli, Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga chaqirilgan. Turnirda Edgar Pacheco Chili, Peru va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistikasi JamoaMamlakatMavsumAtlas2008—2011Tigres UANL2011—2012León2012—2013Tigres UANL2013—2014Mineros de Zacatecas2014—2015Querétaro2015Júarez2015—2016Gangwon2016Al-NajmaBahrein2016—2017Ermis AradippouChipre2016—2017Doxa KatokopiasChipre2017Sabail FKChipre2018—2019Antigua GFCGuatemala2019Valletta Football ClubMalta2020

Meksika safidagi gollari № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2011-yil 9-fevral Georgia House, Atlanta, Amerika Qoʻshma ShtatlariBosniya va Gertsegovina 2 :0 2 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar