Ryan G. Bayda () (1980-yil 9-dekabrda tugʻilgan)—kanadalik sobiq professional xokkeychi. Ryan Bayda Milliy Xokkey Ligasida (NHL) 179 ta oʻyin oʻtkazgan.
Oʻyin faoliyati Ryan Bayda 2000-yilgi NHL kirish loyihasida „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi safiga 80-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilinagan. Ryan Bayda 2001—2002-yilgi mavsum oxirida „Hurricanes“ klubining AHL filiali „Lowell Lock Monsters“ xokkey klubiga qoʻshildi. U klub safida uchta oddiy mavsum oʻyinida gol va assistentlik qildi, shuningdek, beshta pley-off oʻyinida uchta gol urdi. Ryan Bayda 2002—2003-yilgi NHL mavsumida „Carolina“ xokkey klubi safida NHLda debyut qildi. Ryan Bayda oʻzining NHLdagi birinchi golini 2003-yil 18-fevralda „Ed Belfour“ va „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda kiritdi.
2007-yil 3-iyulda „Hurricanes“ xokkey klubi Ryan Bayda bilan yana bir yillik 475 000 dollarlik shartnoma imzoladilar. Ikki tomonlama imzolagan ushbu shartnoma Ryan Baydaga 100 000 dollar foyda olib keldi.
2008-yilning 1-iyulida 'Hurricanes" klubi Ryan Bayda bilan 2008—2009-yilgi mavsum uchun bir yillik 475 000 dollarlik shartnomani qayta imzoladi. Bayda oʻzining birinchi toʻliq NHL mavsumida karyerasidagi 70 ta oʻyinda maydonga tushdi va „Hurricanes“ klubiga Sharqiy konferensiya finaliga chiqishga yordam berdi.
2009-yil 3-sentabrda Ryan Bayda 2009—2010-yilgi mavsum uchun „St. Louis Blues“ klubi yigʻiniga taklif qilindi. Biroq, jamoa Derek Armstrong bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Ryan taklifni rad etdi va uning oʻrniga „Pittsburg Penguins“ klubining l mashgʻulotiga taklifni qabul qildi.
2013-yil 12-iyulda Germaniyadagi Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Nurnberg Ice Tigers“ xokkey klubi bilan uch mavsum oʻtkazgandan soʻng, Bayda erkin agent sifatida DEL vakili „Augsburger Panther“ xokkey klubi safiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshildi.
Keyingi 2014—2015-yilgi mavsumda Bayda tirsagidan olgan jiddiy jarohati tufayli bor-yoʻgʻi 6 ta oʻyin bilan cheklanib, 10 ochko toʻpladi. Mavsum tugashi bilan Bayda erkin agent sifatida qoldi va 2015-yilning 26-martida boshqa DEL klubi „Straubing Tigers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Ryan Bayda „Straubing Tigers“ klubi bilan 2015—2016-yilgi mavsumni yakunlangach, nafaqaga chiqdi va oʻzining Saskatoon shahriga qaytib keldi va u yerda tatuirovka olib tashlash biznesini ochdi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaIshtirokGolGolli uzatmaOchkoPenaltiIshtirokGolGolli uzatmaOchkoPenalti1996—1997Saskatoon Contacts AAASMHL4422234518—————1997—1998Saskatoon Contacts AAASMHL41294978100—————1998—1999Vernon VipersBCHL45245882151412203281999—2000University of North DakotaWCHA4417234030—————2000—2001University of North DakotaWCHA4625345948—————2001—2002University of North DakotaWCHA3719284752—————2001—2002Lowell Lock MonstersAHL31120530302002—2003Lowell Lock MonstersAHL5311324332—————2002—2003Carolina HurricanesNHL254101416—————2003—2004Lowell Lock MonstersAHL347152228—————2003—2004Carolina HurricanesNHL4433622—————2004—2005Lowell Lock MonstersAHL8013274091933642005—2006Manitoba MooseAHL591325385213167272006—2007Albany River RatsAHL5529255466532542006—2007Carolina HurricanesNHL91122—————2007—2008Albany River RatsAHL21710176—————2007—2008Carolina HurricanesNHL3133628—————2008—2009Carolina HurricanesNHL7057122615224182009—2010Wilkes-Barre/Scranton PenguinsAHL21831114—————2010—2011Thomas Sabo Ice TigersDEL5217244170210102011—2012Thomas Sabo Ice TigersDEL151126—————2012—2013Thomas Sabo Ice TigersDEL509223136300022013—2014Augsburger PantherDEL4918234136—————2014—2015Augsburger PantherDEL646106—————2015—2016Straubing TigersDEL441313264960110AHL (jami)326891382272893210112135NHL (jami)179162440941522418DEL (jami)2166289151203110222
Mukofot va unvonlar Mukofot Yil BCHL yilning eng yaxshi yangi futbolchisi 1999-yil Butun WCHA Rookie jamoasi 1999—2000 WCHA Butun Turnir jamoasi 2000-yil Butun WCHA ikkinchi jamoasi 2000—2001 Butun WCHA ikkinchi jamoasi 2001—2002
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar