Brett Hextall () (1988-yil 2-aprelda tugʻilgan) —Amerikada tugʻilgan kanadalik sobiq professional xokkeychi va murabbiy. Brett Hextall Amerika Xokkey Ligasida (AHL) „Portland Pirates“ va „Lehigh Valley Phantoms“ xokkey klubi jamoalarida toʻrt mavsum oʻynagan.
Oʻyin faoliyati Brett Hextall 2008-yilgi NHL kirish loyihasining oltinchi raundida (umumiy 159-oʻrindagi tanlov) „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
2011-yil aprel oyida „Coyotes“ klubi Brett Hextall bilan boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Brett Hextall keyingi uch mavsumni „Coyotes“ klubining AHL filiali „Portland Pirates“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. 2013—2014-yilgi mavsumdan soʻng, „Coyotes“ xokkey klubi Brett Hextallga yangi shartnoma taklif qilmadi va bu unga erkin agent boʻlishga imkon berdi.
2014-yil 25-avgustda „Lehigh Valley Phantoms“ xokkey klubi Brett Hextall bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi. Mavsumdan keyin Brett Hextall nafaqaga chiqdi.
Murabbiylik faoliyati Brett Hextall 2017-yilda „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi murabbiylar shtabiga qoʻshilgan. U 2020-yilgacha oʻyinchilarni rivojlantirish boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan, 2021-yilda „Pittsburg Penguins“ xokkey jamoasiga asosiy va filial jamoalar birlashganidan soʻng, Brett Hextall „Penguins“ klubi bosh menejeri Ron Hekstall qoʻl ostida integratsiyalashgan jamoaning rivojlanish murabbiyi sifatida ishlagan.
Shaxsiy hayoti Brett Hextall sobiq NHL darvozaboni va „Pittsburg Penguins“ xokkey klubining hozirgi bosh menejeri Ron Hextallning oʻgʻlidir. Brett Shimoliy Dakota universitetida tahsil olgan.
Brett Hextall hozirda Iowa shtatida rezident shifokor boʻlgan rafiqasi Mamie bilan yashaydi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari Mavsum Jamoa Liga Ishtirok Gol Golli uzatma Ochko Penalti Ishtirok Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2006—2007 Penticton Vees BCHL 59 18 27 45 156 11 2 2 4 8 2007—2008 Penticton Vees BCHL 54 24 48 72 52 15 12 3 15 12 2008—2009 Shimoliy Dakota universiteti WCHA 42 12 14 26 95 — — — — — 2009—2010 Shimoliy Dakota universiteti WCHA 34 14 12 26 88 — — — — — 2010—2011 Shimoliy Dakota universiteti WCHA 39 13 16 29 63 — — — — — 2011—2012Portland Pirates AHL 72 7 8 15 59 — — — — — 2012—2013Portland Pirates AHL 66 9 6 15 79 3 0 0 0 4 2013—2014Portland Pirates AHL 59 11 12 23 83 — — — — — 2014—2015 Lehigh Valley Phantoms AHL 63 6 8 14 119 — — — — — AHL (jami) 260 33 34 67 340 3 0 0 0 4
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar