Walter Zenga (; 1960-yil 28-aprelda tugʻilgan) — italiyalik futbol murabbiyi. Inter Milan klubi va Italiya terma jamoasida uzoq vaqt davomida darvozabon sifatida harakat qilgan. Zenga oʻzining futbolchilik faoliyati davomida 1984-yilgi Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan olimpiadada terma jamoasi bilan birgalikda toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 1990-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan FIFA Jahon kubogi turnirida uchinchi oʻrinni egallagan. IFFHS dunyoning eng yaxshi darvozaboni mukofotining uch karra sohibi ekspertlar tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan. 2013-yilda IFFHS tomonidan oʻtkazilgan chorak asrning sakkizinchi eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. 2000-yilda xuddi shu tashkilot tomonidan oʻtkazilgan "100 yillikning eng yaxshi darvozaboni" soʻrovnomasida 20-oʻrinda qayd etilgan.

Zenga futbolchi sifatida faoliyatini tamomlagandan soʻng, qisqa vaqt ichida italyan seriallarida aktyor va Italiya televideniyesida ekspert sifatida ishlashga muvaffaq boʻldi. U 1998-yildan murabbiy sifatida ishlay boshlagan hamda AQSH, Italiya, Turkiya, Ruminiya, Serbiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Angliya kabi davlatlarda bir qancha klublarini boshqargan. +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha uchrashuvlar va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokMintaqaviyBoshqa1UmumiyDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarInter Milan1977-78Serie A00---00Salernitana1978-79Serie C130---30Savona1979-80Serie C2230---230Sambenedettese1980-81Serie C1330---3301981-82Serie B34040--380Jami67040--710Inter Milan1982-83Serie A005000-501983-843005060-4101984-8525010080-4301985-8630040100-4401986-872909080-4601987-8826011060-4301988-893305050-4301989-903104020103801990-9132040120-4801991-923106020-3901992-9329050--3401993-9432050120-490Jami3280730710104730Sampdoria1994-95Serie A3404080104701995-9670---70Jami410408010540Padova1996-97Serie B21010--220New England Revolution1997Major League Soccer220--20240199800---001999250---250Jami470--20490Umumiy5300820790406950

Boshqaruv uslubi Zenga murabbiy sifatida odatda oʻz jamoalari bilan „toʻrt kishilik orqa chiziq“ sxemasidan foydalanadi. Shu bilan birga oʻz faoliyati davomida yarim himoya va hujumda bir nechta turli taktik tizimlar va tuzilmalardan foydalangan.

Shaxsiy hayoti ning dastlabki ikki nikohidan uchta farzandi, jumladan, Elvira Carfagna bilan turmushidan Jacopo ismli oʻgʻli („Inter“ va „Genoa“ yoshlar jamoasidan keyin, hozir D Seriyada toʻp tepmoqda). Ikkinchi turmushi hisoblanmish televideniye xodimi Roberta Termalidan Nicolò va Andrea ismli ikkita nafar oʻgʻil farzandi bor. Zenga 2005-yilda 23 yoshli ruminiyalik ayol Raluca Rebedeaga uylangan. Raluca 2009-yil 19-noyabrda Samira Valentina ismli qiz farzandni dunyoga keltirdi.

2010-yil aprel oyida Zenga Ruminiya fuqaroligini olmoqchi ekanligini taʼkidlagan. Sobiq sportchi ushbu maqomga 2012-yilning aprelida ega chiqadi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Sportchilar