Sergey Aleksandrovich Mozgov (; 1995-yil 10-martda tugʻilgan) — figurali uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Betina Popova bilan birga 2017-yilda Warsaw Cup chempioni. Sobiq sherigi Anna Yanovskaya bilan birga esa 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, ikki karra (2013, 2014) oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri finali chempioni, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Olimpiada chempioni, 2014-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori va 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempioni boʻlgan.
Faoliyati Mozgov konkida uchishni 1999-yilda boshlagan. Faoliyatining boshida u Sabina Adigamova bilan raqobatlashgan.
Yanovskaya bilan juftlikda Mozgov 2011-yilda Anna Yanovskaya bilan juftlik hosil qilgan. Ularga asosan Moskvada Svetlana Alekseyeva murabbiylik qilgan.
Yanovskaya va Mozgov juftligi Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi birinchi Gran-pri musobaqasida bronza medalini, keyin esa Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Juftlikning bu natijasi ularga oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma bergan. Juftlik finalning qisqa dasturida ikkinchi, erkin dastur boʻyicha esa uchinchi oʻrinni egallagan va Aleksandra Stepanova / Ivan Bukinjuftligini ortda qoldirib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2012-yilgi oʻsmirlar ortasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgach, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, qisqa dastur boʻyicha uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dastur namoyishi paytida Mozgovning chap oyoq kiyimi boʻshashib qolgani sababli hakam musiqani toʻxtattirib qoʻygan. Yanovskaya / Mozgov juftligi erkin dasturda amerikalik Aleksandra Oldrij / Daniel Eatondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagan, ammo umumiy natija bilan ulardan oʻzib ketib bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Dasturlari
Yanovskaya bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2015-2016 Ribellione My Sweet and Tender Beast The Great Gatsby Young and Beautiful A Little Party Never Killed Nobody 2013-2014 Puttinʼ On the Ritz Fever Il Mirto E La Rosa 2012-2013 Why Donʼt You Do Right? Land of a Thousand Dances Maktub Inta Eih Ya habibi yalla
Natijalari GP: Gran pri; CS: Challanger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Yanovskaya bilan Xalqaro Tadbir 11-12 12-13 13-14 14-15 15-16 Bompard 6 Skate America 6 Xalqaro: oʻsmirlar Jahon chemp. 4 2 1ㅤ Olimpiada 1ㅤ finali 2 4 1ㅤ 1ㅤ Avstriya 2 Xorvatiya 1ㅤ Estoniya 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ Polsha 3 Slovakiya 1ㅤ Sloveniya 2 Volvo Open Cup 1-J 1-J Milliy Rossiya chemp. 6 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chemp. 4 3 2 1ㅤ Jamoa tadbirlari J = Oʻsmirlar darajasi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar