thumb| Turkiyaning Istanbul shahridagi Vodafone Parkda 2017-yilgi Yevropa amputantlar futbol chempionati final o‘yinida Turkiya va Angliyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongan. Turkiya terma jamoasi aʼzolari gʻolibnikni nishonlashmoqda.Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi Turkiyaning amputantlar futboli boʻyicha erkaklar terma jamoasidir. Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Turkiya Nogironlar Sporti Federatsiyasi tomonidan boshqariladi (, qisqartmasi: TBESF. Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi Turkiya nomidan amputantlar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqalarida qatnashadi. Xususan, Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi amputantlar futboli boʻyicha 2 ta asosiy futbol turnirlarida qatnasadi. Ular: Amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati va Amputantlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati.

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi ikki karra Amputantlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻoliblari (2017-yilgi va 2021-yilgi chempionatlarda) va bir marta Amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻoliblari (2022-yilgi amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Angolani magʻlub etib qoʻlga kiritgan).

Amputantlar futboli Amputantlar futboli — bu har bir jamoada yettita oʻyinchi (oltita maydon oʻyinchisi va bitta darvozabon) bilan oʻynaladigan imkoniyati cheklangan sportchilar uchun maxsus futbol sport turi. Amputantlar oʻrtasidagi futbol oʻyinida maydon oʻyinchilari pastki qism amputantlik nuqsoni bilan (oyoq qismidagi tana nuqsoni), darvozabonlarda esa yuqori qism amputantlik nuqsoni (qoʻl qismidagi tana nuqsoni) bilan ishtirok etishadi. Maydon oʻyinchilar loftstrand (bilak) tayoqchalaridan foydalangan holda maydonda harakatlanishadilar va protezsiz oʻynashadi. Amputantlar futboli boʻyicha Jahon chempionati yoki amputantlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Jahon chempionati (1984-yildan 2003-yilgacha) amputantlar futboli boʻyicha jahon chempionatidir. Amputantlar futboli boʻyicha Jahon chempionatini Butunjahon Amputantlar Futbol Federatsiyasi (WAFF) tashkil qiladihttps://www.myjoyonline.com/ghana-paralympic-committee-officially-appeals-ghanas-expulsion-from-amputee-world-cup-in-turkey/.

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining erishgan yutuqlari Yil Sana Manzil Oʻrin Man. Jahon chempionati 2005-yil 11-21- avgust Rio-de-Janeyro 5 2007-yil 11-21-noyabr Antaliya Jahon chempionati 2010-yil 16-24-oktyabr Crespo, Entre Rios 2012-yil 7-14-oktyabr Kaliningrad 2014-yil 30-noyabr — 8-dekabr Culiacan 2018-yil 27-oktyabr — 4-noyabr San-Xuan de los Lagos 2022-yil 30-sentyabr — 9-oktyabr Istanbul Yevropa chempionati 2004-yil 27-may — 2-iyun Kiyev 2008-yil 1-6-dekabr Antaliya 2017-yil 1-10-oktyabr Istanbul 2021-yil 12-19-sentyabr Krakov Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining tarkibi 2022-yil 9-oktabr holatiga koʻra belgilangan Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining tarkibi.

Murabbiy: Usmon Chakmak 

Manbalar