Vil Emmanuilovich Chudnovskiy (1924 — 2016) — sovet psixologi va o‘qituvchisi, psixologiya fanlari doktori, professor, Xalqaro pedagogika akademiyasining haqiqiy aʼzosi sanaladi.
U 150 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi hamdirChudnovskiy Vil Emmanuilovich.
Biografiyasi U 1924-yil 24-sentyabrda Odessa shahrida yahudiylar oilasida tug‘iladi.
Chudnovskiy mehnat faoliyatini Ulug‘ Vatan urushi yillarida, Li-2 harbiy transport samolyotlarini yig‘uvchi sifatida boshlagan. Urushdan so‘ng, 1949-yilda u V. G. Belinskiy nomidagi Toshkent kechki pedagogika institutini (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti) imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. Vil Chudnovskiy 1949—1963-yillarda pedagoglik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1961—1962-yillarda u RSFSR Pedagogika fanlari akademiyasiAvtoreferat dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata pedagogicheskix nauk Umumiy va pedagogik psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil oladi va 1963-yilda rahbari N. S. Leytes qo‘lida „Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari va asab tizimi tipining xususiyatlarining oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisida“ mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qiladi.
U 1949—1963-yillarda Toshkent pedagogika instituti va Psixologiya institutida psixologiya fanidan dars beradi. 1964-yildan Moskva Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutida (keyinchalik — Rossiya taʼlim akademiyasining Umumiy va pedagogik psixologiya instituti) B. M. Teplovning „Individual farqlar muammolari bo‘yicha tadqiqotlar“ laboratoriyasida, so‘ngra L. I. Bojovichning „Shaxsning yosh shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish“ laboratoriyada ishlagan. Vil Chudnovskiy 1980-yilda „Talaba shaxsi axloqiy barqarorligining psixologik asoslari“ mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qiladiDissertatsiya doktora psixologicheskix nauk. Oradan yillar o‘tib, 1996-yildan Moskva Davlat mintaqaviy universitetining psixologiya fakultetida dars beradiChudnovskiy Vil Emmanuilovich.
Taniqli pixolog-pedagog 2016-yil 9-yanvarda Moskvada vafot etadi.
Xizmatlari
„1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi fidokorona mehnati uchun“, „Mehnat faxriysi“, shuningdek, ilmiy mukofotlar — K. D. Ushinskiy (psixologiya sohasidagi muhim yutuqlari uchun, 1999-yil) va G. I. Chelpanov (psixologiya fanini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun, 2007-yil) medallari bilan taqdirlanganChudnovskiy Vil Emmanuilovich. 2014-yilda „Rossiya Taʼlim Akademiyasi Psixologiya instituti“ Federal Davlat byudjeti ilmiy muassasasi Ilmiy kengashining qarori bilan V. E. Chdnovskiyga Psixologiya institutining Faxriy professori unvoni beriladiVil Emmanuilovich Chudnovskiy. Kak rabochiy s TAPOiCh stal vidayuщimsya ekzistensialistom.
Manbalar
Havolalar
Bu mo�M2�jiza … Vil Emmanuilovich Chudnovskiy xotirasiga Vil Emanuilovich Chudnovskiy
Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2016-yilda vafot etganlar Turkum:9-yanvarda vafot etganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:24-sentabrda tugʻilganlar