Seyed Ashkan Dejagah (; 1986-yil 5-iyulda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, yarim himoyachi.

2001 va 2009-yillar oraligʻida Germaniya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. 2011-yildan Eron terma jamoasi sharafini himoya qila boshlagan. 2014-yilgi jahon chempionati, 2015-yilgi Osiyo kubogi va 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichlarida ishtirok etgan. 2015-yilda Dejagah Navad muxlislari tomonidan Eronning eng yaxshi chap qanot yarim himoyachisi deb topilgan.

Bundesliganing 2004—2005-yilgi mavsumida Hertha futbol klubi safida harakat qilgan. 2007-yilda Volfsburg safiga oʻtgan. 2008—2009-yilgi mavsumda Bundesligada gʻolib boʻlgan. 2012-yilda 2,5 million yevro evaziga Premyer-liganing Fulham klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Yoshligi Dejagah Eronning Tehron shahrida tugʻilgan va bir yoshida Germaniyaning Berlin shahriga koʻchib oʻtgan. 16 yoshida Germaniya fuqaroligini olgan. Shaxsiy hayoti Fulhamdagi faoliyati davomida Angliyaning London shahrida turmush oʻrtogʻi va qizlari bilan istiqomat qilgan. Dejagahning bir qoʻlida Berlin, ikkinchi qoʻlida Tehron tasviri tushirilgan tatuirovkalar, boʻynida esa „Qayerdan ekanligingni hech qachon unutma“ degan ibora bor. Uning rafiqasi ozarbayjonlik boʻlib, Bokuda tugʻilib oʻsgan.

Yutuqlari VfL Volfsburg

Bundesliga: 2008–09

Traktor

Hazfi kubogi: 2019–20

Germaniya U21

21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati : 2009

Individual

Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi: 2019

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:Hertha BSC II futbolchilari Turkum:Hertha BSC futbolchilari Turkum:VfL Wolfsburg futbolchilari Turkum:VfL Wolfsburg II futbolchilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Al-Arabi SC (Qatar) futbolchilari Turkum:Nottingham Forest F.C. futbolchilari Turkum:Tractor S.C. futbolchilari Turkum:Al Shahaniya SC futbolchilari Turkum:Oberliga (futbol) futbolchilari Turkum:Regionalliga futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari