Jan Kacper Bednarek (; 1996-yil 12-aprelda Polshada tugʻilgan) — polshalik futbolchi, „Southampton“ futbol klubi himoyachisi, „Aston Villa“ futbol klubi va Polsha terma jamoasida ijara asosida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Jan Bednarekning akasi Philip ham professional futbolchi.

Klublardagi faoliyati thumb|538x538px| Jan Bednarek „Southampton“ safida Jan Bednarekk „Lex“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilda „Piast“ futbol klubiga qarshi oʻyindaiga debyut qilgan. 2015-yilda Jan Bednarek klubning ligada gʻolib chiqishga yordam bergan. Oʻsha yilning yozida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Jan Bednarek „Lech“ futbol klubidan „Górnik“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 29-avgust kuni „Piast“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jan Bednarek yangi klubi safida debyut qilgan. Ijara muddati tugagach, Jan Bednarek „Lex“ futbol klubiga qaytgan. 2016-yil 12-avgustda „Cracovia“ futbol klubiga qarshi bahsda u oʻzining yangi jamoasi safida ilk golini urgan.

2017-yilning 1-iyulida Jan Bednarek Angliyaning „Southampton“ futbol klubi bilan 5 million funt sterling evaziga 5 yillik shartnoma imzolagan. U premyer ligadagi debyutini 2018-yilning 14-aprelida „Chelsea“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan va uning jamoasi 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

2022-yil 1-sentyabrda Jan Bednarek mavsumiy ijara asosida „Aston Villa“ futbol klubiga oʻtgan. 2-oktyabr kuni „Leeds United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati 2017-yilda Polsha yoshlar terma jamoasi tarkibida Jan Bednarek uydagi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

4-sentyabr kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Qozogʻiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda u Polsha terma jamoasi safida debyut qilgan.

2018-yilda Jan Bednarek Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Senegal, Kolumbiya va Yaponiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yaponiyaliklarga qarshi kechgan bahsda Jan Bednarek terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistikasi +JamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLech Poznań II2013—2014142———1422014—201560———60Jami202——00202Lech Poznań2013—20142000——202014—20152020——402016—201727170—00341Jami31190—00401Górnik Łęczna (ijara)2015—201617010——180Southampton2017—2018512010—812018—20192500020—2702019—20203412030—3912020—20213515010—4112021—20223141020—3442022—2023200010—30Jami1327100100—1527Aston Villa (ijara)2022—2023200000—20Umumiy faoliyatida20292001000023110

Polsha safidagi gollari № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2018- yil 28- iyun Volgograd Arena, Volgograd, Rossiya Yaponiya 0: 1 0: 1 Jahon chempionati-2018

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar