Andrew James Russell () (1987-yil 21-noyabrda tug‘ilgan) —angliyalik (asli gong konglik) professional futbolchi. Andrew Russell hozirda Xitoy birinchi ligasi vakili „Sichuan Jiuniu“ futbol klubida o‘ynaydi.
Klublardagi oʻyin faoliyati 2008-yilda Andrew Russell „Happy Valley“ futbol klubi bilan professional futbolchi sifatida birinchi shartnomasini imzoladi. Buyuk Britaniyaga qaytganidan soʻng, Andrew Russell „Mossley“ futbol klubi safiga qoʻshildi (qoʻshimcha, Adidas sport kiyimlari kompaniyasida ish topdi). Andrew Russell klub safida jami 46 marta maydonga tushgan va ikkita gol urishga muvaffaq boʻlgan edi. Shundan soʻng, Andrew Russell 2010-yilda „Chorley“ futbol klubi safiga qoʻshildi. 2013—2014-yilgi mavsumda Andrew Russell klubni tark etib, „AFC Fylde“ futbol klubi safiga qoʻshilishga qaror qildi.
2014-yil iyul oyida Andrew Russell oʻzining Twitter sahifasida 2014—2015-yilgi mavsum uchun „South China“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
2017-yilning 7-yanvarida Andrew Russell Malayziya Superligasi vakili „Penang“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi 2017-yilning may oyida Andrew Russellning „Penang“ futbol klubi bilan shartnomasi (yomon oʻyin koʻrsatgani uchun) bekor qilingan edi.
2018-yilning 27-fevralida Andrew Russell Xitoyning „Tai Po“ futbol klubiga qoʻshildi .
2019-yilning 25-fevralida Andrew Russell Xitoy Superligasining „Hebei China Fortune“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
2020-yilning 16-iyulida Andrew Russell „Jiangxi Liansheng“ futbol klubiga ijara asosida o‘tdi.
2021-yil aprel oyida Andrew Russell „Jiangxi Beidamen“ futbol jamoasiga qoʻshildi.
2022-yil aprel oyida Andrew Russell „Sichuan Jiuniu“ futbol jamoasiga qoʻshildi.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiMintaqaBoshqaJamiDiviziyaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSouth China2014—2015Gong Kong premyer ligasi102202000311732015—2016120006100802612016—20174000--1050Jami262208100121484Pulau Pinang2017Malayziya super ligasi8020---100Tai Po2017—2018Gong Kong premyer ligasi11000--31141Liaoning Whowin2018Xitoy birinchi ligasi27400---274Hebei China Fortune2019Xitoy super ligasi6000---60Jiangxi Liansheng (loan)2020Xitoy birinchi ligasi14100--20161Jiangxi Beidamen202128200--00282Sichuan Jiuniu20220000--0000Jami120940810017214912
Manbalar
Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gonkonglik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Sportchilar