Elyanora Boboyeva (1939 ,Toshkent— sharqshunos, arabshunos, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. Faoliyati 1963—1966-yillar oʻrta maktabda arab tili oʻqituvchisi; 1966—1978-yillar OʻzFA Falsafa va huquq institutining ilmiy xodimi; 1978 dan OʻzFA SHIda ilmiy xodim, katta ilmiy xodim; (orada 1987—1995-yillar In-t Ijtimoiy tafakkur boʻlimining mudiri;). Ayni paytda 1975—1979-yillar UzGosIFK (hozirgi OʻzDJTI) ning falsafa, 1980—2009-yillar ToshDU ning falsafa tarixi va mantiq, 2004—2012-yillar ToshDSHIning falsafa kafedralarida dotsent. 2012 dan buyon nafaqada.
Ilmiy yoʻnalishi Xorijiy Sharq xalqlarining falsafiy tafakkuri tarixi. 70 dan ortiq ilmiy ishlar (jumladan, 9 ta monografiya) muallifi. Bir qancha xalqaro ilmiy konferensiyalar (Sofiya (1985), Tbilisi (1986), Dushanbe (1988), Maxachkala (1991), Leningrad (1993), Istanbul (1999), Moskva (2000), Budapesht (2004), Dehli (2005) qatnashchisi. Asosiy ilmiy ishlari Nomz. diss. mavzusi: “Mustafo Komilning ijtimoiy-siyosiy va maʼrifiy qarashlari”. – Toshkent, 1974. Qosim Amin, Jurji Zaydon, Mustafo Komil, Amin ar-Rayhoniylarning qarashlari // Xorijiy Sharq xalqlarining ilgʻor ijtimoiy-falsafiy fikrlari tarixi ocherki. – Toshkent: Fan, 1971. – B.200 – 227. – hammualliflikda. Muhammad Iqbol. Sharqning buyuk shoiri va mutafakkiri (taqriz) // Sharq yulduzi. - 1980. - № 10. - 0,4 b.t. Eron – Iroq mojarosiga doir. – Toshkent: Bilim, 1981. 24 b. –K.Turdaliyev bilan hammualliflikda. Marksizm-leninizm gʻoyalarining arab mamlakatlarida tarqalishi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 1982. - 40 b. Oyni etak bilan yopib boʻlmas // Sharq yulduzi. - 1982. - №3. – B.145 – 148. – K.Turdaliyev bilan hammualliflikda. Yoshlar va gʻoyaviy kurash. – Toshkent: Bilim, 1985. - 27 b. Yoshlar ovozi. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1985. - 123 b. – K.Turdaliyev bilan hammualliflikda. Oktyabr ziyosi Arab Sharqida. – Toshkent: Bilim, 1986. - 19 b. Oktyabr Sharq yoshlari taqdirida – Toshkent, Yosh gvardiya, 1987. -109 6. – K.Turdaliyev bilan hammualliflikda. Chet el Sharq mamlakatlarida sotsialistik gʻoyalarning tarqalishi. – Toshkent, 1988. -23 b. – K.Turdaliyev bilan hammualliflikda Arab Sharqi xalqlarining gʻoyaviy-siyosiy hayotida islom omili // Islom va Xorijiy Sharq. – Toshkent, 1992. - B.67 – 82. Vatanga muhabbat falsafasi. Mustaqil Oʻzbekiston // Falsafa va huquq fanlarining dolzarb muammolari: konferensiya tezislari. – Toshkent, 1996. - B.1 60 – 161. Arab Sharqida ijtimoiy-falsafiy fikr // Falsafa: darslik. – Toshkent, 2006. - B.223 – 229. Islom islohchilarining axloqiy qarashlari // Globallashuv jarayonida jamiyatni demokratlashtirishning siyosiy, falsafiyhuquqiy masalalari: Respublika ilmiy-nazariy konf. tezislari. – Toshkent, 2006. – B.45 – 46. Islom islohchilarining axloq falsafasida insoniylik va bagʻrikenglik gʻoyalari // Yoshlarda ijtimoiy tolerantlikni yuksaltirish masalalari: Respublika ilmiynazariy konferensiya materiallari, Buxoro 15 – 16-oktyabr, II kitob. – Toshkent, 2006. - B.259 – 261. Islom islohchilarining taʼlimotida “ijtihod” konsepsiyasi // Falsafa va huquq fanlari: muammo, yechim. – Toshkent: Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2007. – B.82 – 85. Tashabbuskor olim // Akademik I. Moʻminovning ilmiy-falsafiy merosi va uning ijtimoiy-falsafiy fanlar taraqqiyotida tutgan oʻrni: Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari, Samarqand, 2008-y. 23-may. – Toshkent, 2008. – B.29 – 30. Islohchilar va anʼanachilar qarashlarida islom omili // Sharq falsafasi qadriyatlari va ularning Oʻzbekiston maʼnaviy hayotidagi oʻrni: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Toshkent, 11-may 2009. – Toshkent, 2009. – B.116 – 122. Axloq malikasi / Shayxova X.O. Kamolot-maʼnaviy koʻzgusi. – Toshkent, 2009. – B.197 – 200. Muhammad Abdo diniy-falsafiy qarashlari // Sharq falsafasi qadriyatlari va ularning Oʻzbekiston maʼnaviy hayotidagi oʻrni: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2010. – B.107 – 111. Taʼlim sohasida jonbozlik koʻrsatgan maʼrifatparvar // Falsafa, fan, taʼlim: Respublika 15-may, 2010 ilmiy konf. materiallari, 2-qism. – Toshkent, 2010. – Jurji Zaydon maʼrifiy qarashlari // Oʻzbek sharqshunosligi: buguni va ertasi. 2-j. – Toshkent, 2011. - B.304 – 308. Ustozlar haqida // Falsafiy qadriyatlarning mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotidagi oʻrni: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, 29-aprel 2011. – Toshkent, 2011. – B.231 – 234. Maʼrifat yoʻlida. – T.: Fan va texnologiyalar, 2012. – 122 b. Manbalar