Shavkat Joʻrayev (1974-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan) — oʻzbek sambochisi, yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati bronza medali sovrindori, oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni, 2014-yil Osiyo chempioni, 1998-yil Jahon kubogi bronza medali sovrindori, jahon chempionatlari chempioni (2002, 2005-yillar), kumush (2000, 2001, 2003, 2010, 2013-yillar) va bronza (2004, 2009, 2014-yillar) medallari sovrindori. Eng yengil vazn toifasida (52 kg gacha) chiqish qilgan. U.Abloqulov va A. A. Yermishkinlar rahbarligida mashgʻulotlar olib borgan. Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji bitiruvchisi hisoblanadi. U sport faoliyatini 2014-yilda Naritada (Yaponiya) oʻtkazilgan jahon chempionatidan soʻng yakunlab, bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekiston sambochilari Turkum:Qashqadaryoda tugʻilganlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar