Mirtadoshlar oilasiPreꞒ Ꞓ O S D C P T J K PgMyrtus communis bargi va gullariScientific classification O‘simliklarYuksak oʻsimliklarGulli oʻsimliklarIkki urugʻpallalilarRosidsMyrtalesMyrtaceaeJuss.Angiosperm Phylogeny Group (2009). "An update of the Angiosperm Phylogeny Group classification for the orders and families of flowering plants: APG III". Botanical Journal of the Linnean Society. 161 (2): 105-121. doi:10.1111/j.1095-8339.2009.00996.x.Genera thumb|Pimenta dioica Mirtadoshlar oilasi ikki pallali oʻsimliklar oilasi. Bu guruhning taniqli aʼzolariga myrtle, pōhutukawa, dafna rom daraxti, syzygium aromaticum, guava, akka (feyxoa), xushboʻy qalampir va evkalipt kiradi. Barglari doim yashil boʻlib, asosan qarama-qarshi joylashgan, oddiy, odatda butun (yaʼni, tishsiz). Gullari beshta gulbargdan iborat, biroq bir necha turkumlarda gulbarglari kam yoki umuman yoʻq.
Evolyutsiya tarixi Olimlarning farazlariga koʻra, mirtadoshlar oilasi 60-56 million yil oldin (Mya) paleosen davrida paydo boʻlgan. Polen fotoalbomlari qadimgi superkontinent Gondvanadan olingan.
Xilma-xillik Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mirtadoshlar 132 turkum 5950 ga yaqin turni oʻz ichiga oladiGovaerts, R. et al. (12 additional authors). 2008.. Oila dunyoning tropik va moʻtadil iqlimli mintaqalarida keng tarqalgan. Evkalipt, Korymbiya, Angophora, Leptospermum va Melaleuca kabi ko‘sakli mevalarga ega turkumlar Chili va Argentinada keng tarqalgan. Iste‘mol qilinadigan mevalari boʻlgan turlarning eng koʻpi Sharqiy Avstraliya va Maleziya (Avstralaziya hududi) va neotropikada o‘sadi. Eucalyptus regnans dunyodagi eng baland gullaydigan oʻsimlik hisoblanadi. Boshqa muhim avstraliyada o‘suvchi turkumlarga — Callistemon (shisha choʻtkalari), Syzygium va Melaleuca (qogʻoz poʻstlogʻi) kiradi. Osbornia turkumining turlarining vatani Avstraliya. Eugenia, Myrcia va Calyptranthes neotropik mintaqada uchrovchi yirik turkumlar qatoriga kiradi. thumb|300x300px| Syzygium samarangense, mevaning kesmasi Tarixiy jihatdan, mirtadoshlar ikki kichik oilaga boʻlingan. Mirtadoshlar kenja oilasi (taxminan 75 turkum) mevalari isteʼmol qilinadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, shakli butun. Mirtadoshlar butun dunyoda subtropik va tropik mintaqalarda, shimoli-sharqiy Avstraliya va Maleziyada opsadi. Bundan farqli oʻlaroq, Leptospermoideae kichik oilasi (taxminan 80 turkum) quruq, ajraladigan mevalar (kopsaklar) va spiral yoki navbatma-navbat joylashgan barglarga ega. Leptospermoideae turlari asosan Avstraliyada uchraydi.
Taksonomiya Mirtadoshlarning Leptospermoideae va Myrtoideae ga boʻlinishiga bir qancha mualliflar, jumladan Jonson va Briggs (1984) qarshi chiqdilar. Shunday qilib, koʻplab olimlar hozir Wilson va boshqalar tomonidan yaratilgan soʻnggi tahlildan foydalanmoqda(2001).
Heteropyxis va Psiloxylon avlodlari oʻtmishda koʻplab mualliflar tomonidan Heteropyxidaceae va Psiloxylaceae kabi alohida oilalar sifatida ajratilganSytsma, Kenneth J. and Amy Litt. 2002.. Biroq, Wilson va boshqalar ularni mirtadoshlar tarkibiga kiritgan. Hozirgi vaqtda olimlar bu ikki avlod mirtadoshlarning eng qadimgi paydo boʻlgan va saqlanib qolgan avlodlari ekanligiga ishonishadi.
Eng soʻnggi tasnif plastid DNKning filogenetik tahlilidan keyin 17 ta turkum va ikkita kichik oila, Myrtoideae va Psiloxyloideaeni rasman tan olindi.
Mirtadoshlar turkumiga har yili koʻplab yangi turlar tasvirlanadi.
Tasniflash
Turkum
Abbevillea Actinodium Agonis Algrizea Allosyncarpia Aluta Amomyrtella Amomyrtus Angasomyrtus Angophora Archirhodomyrtus Arillastrum Astartea Asteromyrtus Astus Austromyrtus Babingtonia Backhousia Baeckea Balaustion Barongia Basisperma Beaufortia Blepharocalyx Callistemon Calothamnus Calycolpus Calycorectes Calyptranthes Calyptrogenia Calytrix Campomanesia Chamelaucium Chamguava Cheyniana Choricarpia Syzygium Cloezia Conothamnus Corymbia Corynanthera Curitiba Cyathostemon Darwinia Decaspermum Enekbatus Eremaea Ericomyrtus Eucalyptopsis Evkalipt Eugenia Euryomyrtus Gomidesia Gossia Harmogia Heteropyxis Hexachlamys Homalocalyx Homalospermum Homoranthus Hottea Hypocalymma Kanakomyrtus Kania Kardomia Kjellbergiodendron Kunzea Lamarchea Legrandia Lenwebbia Leptospermum Lindsayomyrtus Lithomyrtus Lophomyrtus Lophostemon Luma Lysicarpus Malleostemon Marlierea Melaleuca Meteoromyrtus Metrosideros Micromyrtus Mitranthes Mitrantia Mosiera Myrceugenia Myrcia Myrcianthes Myrciaria Myrrhinium Myrtastrum Myrtella Myrteola Myrtus Neofabricia Neomitranthes Neomyrtus Ochrosperma Octamyrtus Osbornia
Oziq-ovqat Mirtadoshlar bilan koʻplab asalarilar tomonidan oziqlanadi, ayniqsa bu oʻsimlik oilasidan gulchanglarni yigʻadigan Melipona bicolor kabi turlari uchun asosiy ozuqa hisoblanadi. Tetragonula hockingsi va Tetragonula carbonaria kabi baʼzi avstraliyada tarqalgan turlar Corymbia torelliana urug‘ poʻstlogʻida qatron toʻplashi maʼlum, natijada urugʻlar asalarilarning oyoqchalariga yopishib qoladi.
Manbalar