André Miguel Valente da Silva (; 1995-yil 6-noyabrda Portugaliyaning Bagin-du-Monte shahrida tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, „RasenBallsport Leipzig“ futbol klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati André Silva „Porto“ futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2013-yil 12-avgustda „Beira-Mar“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda To Ze oʻrniga Segunda Ligada zaxira jamoasida debyut qilgan. 21-avgust kuni „Portimonense“ futbol klubiga qarshi bahsda André Silva oʻzining birinchi golini urgan. 2015—2016-yilgi mavsumda u jamoaga ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan va oʻzi ham uning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2015-yil 29-dekabrda Portugaliya Liga kubogi oʻyinida „Marítimo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda André Silva birinchi jamoadagi debyutini oʻtkazgan. 2016-yilning 2-yanvarida Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u Sangrish ligasida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Vincent Aboubakar oʻrniga maydonga tushirilgan. 14-may kuni „Boavista“ futbol klubiga qarshi bahsda André Silva „Porto“ futbol klubi safida ilk golini urgan. 17-avgust kuni Chempionlar ligasi saralash bosqichida Italiyaning „Roma“ futbol klubiga qarshi oʻyinda André Silva gol urgan. 18-oktyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida Belgiyaning „Bryugge“ futbol klubiga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, g‘alaba to‘pini kiritgan .

Xalqaro faoliyati thumb|252x252px| Silva Portugaliya terma jamoasi safida 2014-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Portugaliya terma jamoasi tarkibida André Silva Vengriyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Turnirda u Isroil, Vengriya, Avstriya, Serbiya va Germaniya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2015-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida André Silva Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Qatar, Senegal, Yangi Zelandiya, Kolumbiya va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Senegallik, qatarlik va kolumbiyaliklarga qarshi bahslarda André Silva toʻrtta gol urgan.

1-sentyabr kuni Gibraltarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida André Silva ikkinchi boʻlimda Eder oʻrniga Portugaliya terma jamoasida debyut qilgan. 7-oktyabr kuni JCh-2018 saralash turniri doirasida Andorra terma jamoasiga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan. Oradan 3 kun oʻtib Farer orollari terma jamoasiga qarshi oʻyinda André Silva xet-trik qayd etgan.

2017-yilda André Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Rossiya, Yangi Zelandiya, Chili va ikki marta Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yangi zelandiyaliklarga qarshi kechgan bahsda André Silva gol urgan.

2018-yilda André Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya, Eron va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolF. C. Porto B2013—2014203——2032014—2015357——3572015—20162914——2914Jami842400008424F. C. Porto2015—20169152001432016—20173216201054421Jami4117721055824A. C. Milan2017—2018242201484010Sevilla F. C.2018—201927942803911Jami27942803911A. C. Milan2019—202010——10Jami252201484110Eintracht Fráncfort2019—20202512329237162020—2021322821—3429Jami574053927145R. B. Leipzig2021—202233116212451172022—20231523263247Jami4813941877524Umumiy faoliyatida28210527115922368138

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari

Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari