Ryan James Murray () (1993-yil 27-sentyabrda tugʻilgan)—kanadalik professional xokkeychi. Ryan Murray Milliy Xokkey Ligasi (NHL)da „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safida himoyachi sifatida oʻynaydi. Ryan Murray 2022-yilda „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan birga Stanley kubogini qoʻlga kiritdi.
Oʻyin faoliyati Ryan Murray yoshligida „Everett Silvertips“ xokkey klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan.
Columbus Blue Jackets 2012-yil 22-iyunda Ryan Murray 2012-yilgi NHL kirish loyihasida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safiga ikkinchi oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi. Keyingi oy 2012-yil 24-iyulda Ryan Murray „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. 2012-yilning 16-noyabrida Ryan Murray „Silvertips“ xokkey klubi bilan o‘yinda yelkasidan jarohat oldi. Keyinchalik Ryan Murray yelkasida jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi. Shuning uchun Ryan Murray WHL mavsumining qolgan qismini oʻtkazib yubordi.
Ryan Murray oʻzining birinchi NHL oʻyinini 2013-yil 4-oktyabrda „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ryan Murray NHLdagi birinchi golini 2013-yil 25-oktyabrda „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasi bilan uchrashuvda urishga muvaffaq boʻldi. Ammo Ryan Murray jarohatlar tufayli NHLdagi dastlabki besh mavsumining 35% dan ortigʻini oʻtkazib yubordi.
2016-yilning 11-fevralida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi Ryan Murray bilan yana ikki yillik 5,65 million dollarlik shartnoma imzoladi. Biroq jarohatlar Ryan Murrayning oʻyinlarda ishtirok etishini cheklab qoʻydi. Shuning uchun Ryan Murray 2017—2018-yilgi NHL mavsumining deyarli yarmini oʻtkazib yubordi. 2019-yilning 1-iyulida Ryan Murray „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan ikki yillik 9,2 million dollarlik shartnoma imzoladi.
New Jersey Devils „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan yetti mavsum oʻynaganidan so‘ng, Ryan Murray 2020-yil 8-oktyabrda „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
Colorado Avalanche 2021-yil 2-avgust kuni Ryan Murray „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan bir yillik 2 million dollarlik shartnoma imzoladi. Ryan Murray 2021—2022-yilgi mavsumni „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Ryan Murray „Colorado Avalanche“ klubi tarkibida mavsumdagi 18 ta o‘yinning 17 tasida maydonga tushdi.
Edmonton Oilers Ryan Murray „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan Stanley kubogini qoʻlgan kiritdi. Shundan soʻng, Ryan Murray 2022-yil 2-sentyabrda „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2008—2009Everett SilvertipsWHL—————501122009—2010Everett SilvertipsWHL525222731725722010—2011Everett SilvertipsWHL706404645412342011—2012Everett SilvertipsWHL469223131432502012—2013Everett SilvertipsWHL232151714—————2013—2014Columbus Blue JacketsNHL664172110501102014—2015Columbus Blue JacketsNHL121238—————2015—2016Columbus Blue JacketsNHL824212540—————2016—2017Columbus Blue JacketsNHL60291124—————2017—2018Columbus Blue JacketsNHL44111128601122017—2018Cleveland MonstersAHL11010—————2018—2019Columbus Blue JacketsNHL561282910—————2019—2020Columbus Blue JacketsNHL272794910122020—2021New Jersey DevilsNHL48014148—————2021—2022Colorado AvalancheNHL370442—————NHL (jami)43215113128114201234
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2010-yil Kanada U17 8 5 0 1 1 — 2010-yil Kanada U18 7 6 0 0 0 2 2010-yil Kanada IH18 5 0 2 2 2 2011-yil Kanada U18 4 7 3 7 10 6 2012-yil KanadaXokkey boʻyicha jahon chempionati 6 0 3 3 0 2012-yil Kanada Xokkey boʻyicha jahon chempionati 5 6 0 0 0 0 2016-yil KanadaXokkey boʻyicha jahon chempionati 10 0 5 5 0 2016-yil Shimoliy Amerika jamoasiXokkey boʻyicha jahon chempionati 5 3 0 0 0 0 2018-yil KanadaXokkey boʻyicha jahon chempionati 4 10 0 1 1 4 Oʻsmirlar (jami) 29 3 13 16 10 Kattalar (jami) 19 0 5 5 0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Kanada profissional xokkeychi