Sumatra PDF — ochiq manbali dastur hisoblanib, Windows operatsion tizimida PDF, DjVu, FB2, ePub, MOBI, CHM, XPS, CBR/CBZ kabi formatlarni koʻrish hamda oʻsha formatlardagi hujjatlarni chop etishga moʻljallangan. Ushbu dastur MuPDF dastur dvijogi asosida ishlab chiqilgan va ochiq manba kodiga ega, GNU GPL litsenziya shartlari asosida bepul tarqatiladi.

Oʻziga xosliklari Dastur oddiy, sodda koʻrinishga ega boʻlib, ustuvor jihati foydalanish qulayligi va hujjatlarni koʻrish va chop etishda qulayligidadir. Shuningdek unda matnni nusxalash imkoniyati ham mavjud.

Dastur interfeysi 60 ta dunyo tillarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Dasturni oʻrnatish bilan bir qatorda, koʻchma (portativ) shakli ham mavjud boʻlib, uni hatto flesh xotira va kompyuter xotirasida oʻrnatmasdan foydalansa boʻladiAlan Henry. Sumatra PDF Viewer: Fast and Simple PDF Reading . AppScout..

PDF bilan ishlash xususiyatlari MuPDF dvijogining imkoniyatlari bilan bogʻliq bo'lib, uning asosida dastur yaratilgan.

Koʻpgina boshqa dasturlar (shu jumladan Adobe Acrobat Reader)dan farqli oʻlaroq, u oq-qora tasvirlarni (ishlov bergan holda) aniq miqyoslaydi.

0.9.1 versiyasidan boshlab, PDF hujjatlarida mavjud giperhavolalar qoʻllab-quvvatlana boshladiKrzysztof Kowalczyk. Sumatra PDF - A PDF Viewer for Windows - Version history.

Sumatra PDF koʻrsatiladigan PDF faylni bloklamaydi. Bu, masalan, TeX tizimlari bilan ishlashda muhim: TeX manba kodini PDF hujjatini yopmasdan qayta kompilyatsiya qilish mumkin. Sumatra PDF shuningdek, TeX manba matnlari va pdfTeX yoki XeTeX bilan ishlab chiqarilgan PDF formatlarini sinxronlashtirish uchun ikki tomonlama usul boʻlgan SyncTeXʼni qo'llab-quvvatlaydi.

Ishlab chiqish Dastur Kshishtof Kovalchik (Krzysztof Kowalczyk)Krzysztof Kowalczyk. Sumatra PDF - A PDF Viewer for Windows - Version history va boshqa dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan.

Sumatraning birinchi 0.1 versiyasi 2006-yil 1-iyunda chiqilgan va Xpdf 0.2 asosida yaratilgan. 1.0 versiyasi 2009-yil 17-noyabrda uch yildan ortiq ishlab chiqilganidan so‘ng chiqarildi.

Sumatra PDF oʻsha paytda Windowsning hozirgi versiyasi boʻlgan Windows XP davrida ishlab chiqa boshladi. Shu sababli, Sumatrada Windowsning eski versiyalari, jumladan Windows 95, 98, ME va 2000 bilan moslik muammolari mavjud.

Dasturning manba kodi SubversionSumatra PDF viewerSource Checkout - sumatrapdf - Project Hosting on Google Code hamda GitHubSumatraPDF reader loyihalariga joylangan.

Nomi va logotipi Muallifning fikricha, „Sumatra“ nomi Sumatra oroli yoki qahva navi bilan bog‘liq emasKrzysztof Kowalczyk. Name of Application . Sumatra PDF Viewer forum.

Sumatraning grafik dizayniga Alan Moore va Dave Gibbonsning Watchmen grafik novellasining muqovasi asos boʻlgan.

Kamchiliklari Chop etishda, 1.1 versiyasidan oldin, katta hajmli vaqtinchalik fayl tuzgan va bu baʼzi printerlarda sekin bosib chiqarishga olib kelganWayback Machine poppler Printing with poppler on Windows.

Fikrlar Foydalanuvchilarda Sumatra PDF oʻzining tezkorligi va soddaligiAnders Ingeman Rasmussen. Sumatra PDF 0.8. Open Source Alternatives (2008), tezkor tugmalar va ochiq manbali ekanligi bilan mashhurdirGina Trapani. Open PDF's in a flash with Sumatra . Lifehacker.

Manbalari