„Soʻrama“  — „Benom“ oʻzbek dueti ijro etgan qoʻshiq. 2012-yil eʼlon qilingan. Guruhning 2016-yil chiqarilgan „Dard“ nomli albomiga kiritilgan. „Soʻrama“ guruh repertuaridagi eng taniqli kompozitsiyalarning biridir.

Qoʻshiq pop-musiqa janrida boʻlib, lya minor tonalligida ijro etilgan. „Soʻrama“ qoʻshigʻi uchun rejissyor Mirmaqsud Oxunov klip suratga olgan. Unda taniqli aktyor Adiz Rajabov va Dilnoza Hamraliyeva rol oʻynagan.

„Benom“ guruhi 2017-yil bergan „Bir muhabbat qissasi“ nomli konserti davomida „Soʻrama“ qoʻshigʻini Lola Yoʻldosheva bilan hamkorlikda jonli tarzda ijro etgan. „Cover-Up Kids“ koʻrsatuvining 2020-yilgi 6-sonida „Benom“ qoʻshiqlari, jumladan, „Soʻrama“ kompozitsiyasi kaver tarzida kuylangan. Kaverni ishtirokchi Ikromjon Isoqov ijro etgan. „Benom“ uning ijrosini yuqori baholagan va koʻrsatuv yakunida taronani guruh bilan Isoqov hamkorlikda kuylagan Qaraldi: 23-noyabr 2022-yil.

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Benom guruhi qoʻshiqlari Turkum:2012-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar