Madamin Matkarimovich Matkarimov (1918-yil, Xorazm viloyati — 1986-yil 24-mart, Xiva, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — sovet davlat jamoat va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni sohibi. O‘zbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani qo‘mitasining birinchi kotibi.

Tarjimai holi Madamin Matkarimov 1918-yilda Oʻzbekiston SSR Xorazm viloyatida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1951-yilda KPSS aʼzoligiga qabul qilingan. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

1939-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarida faol xizmat qila boshlagan. 1939—1985-yillar oraligʻida turli lavozimlarda ishlagan. 1939—1945-yillarda tuman mashina-traktor stansiyasi agronomi, katta agronomi, 1945-—1952-yillarda Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh agronomi, 1952—1957--yillarda Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi Yangiariq MTS direktori, 1957—1973-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Bog‘ot tumani, keyinchalik esa Yangiariq tumani qo‘mitalari birinchi kotibi, 1973—1980-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyati Xiva tumani qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida faoliyat olib borgan. 1980-yillarning oʻrtalarida nafaqaga chiqqan.

1956-yilda davlatga paxta topshirish rejasini muvaffaqiyatli bajargani uchun Madamin Matkarimov Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1965-yilning 1-martidagi farmoni bilan O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Madamin Matkarimovich Matkarimov Lenin ordeni, „O‘roq va Bolg‘a“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

SSSR Oliy Sovetining 1970—1974-yillardagi 8-chaqiriq va 1974—1979-yillardagi 9-chaqiriq hamda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 1980—1985-yillardagi 10-chaqiriq deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

Xorazm viloyati Xiva shahrida yashagan. 1986-yil 24-martda vafot etgan.

Uch marta Lenin ordeni (1957-yil 1-noyabr; 1965-yil 1-mart; 1973-yil 12-oktyabr), Oktyabr inqilobi ordeni (1971-yil 4-avgust), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1978-yil 20 fevral) va bir qancha medallar bilan mukofotlangan.

Adabiyotlar M. Nazarov, S. Ibrohimov partiya qo‘mitasi kotiblari // Qizil O‘zbekiston, 1964-yil 3-yanvar

Havolalar warheroes.ru Sovet O‘zbekiston, 1969-yil 7-avgust Nekrolog

Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari Turkum:KPSS XXIII syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXIV syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXVI syezdi delegatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar