thumb|407x407px| Kasamatsu shahri dron koʻrinishida Yaponiyaning Gifu prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 31-oktyabr holatiga koʻra, shaharchada hisob-kitoblarga koʻra 22273 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 2200 kishidan, 8944 ta xonadondan toʻgʻri kelganKasamatsu town official statistics . Shaharning umumiy maydoni 10,30 kvadrat kilometrni tashkil etdi (3,98 mi²).

Geografiyasi Kasamatsu Aichi prefekturasi bilan chegaradosh Gifu prefekturasining janubidagi Nobi tekisligida joylashgan. Kiso daryosi botqoqli tekisliklarda joylashgan va tez-tez suv toshqini ostida boʻlgan shaharchadan oqib oʻtadi.

Iqlimi Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Kasamatsuda oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin 1915 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,0 °C, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladiKasamatsu climate data.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Gifu prefekturasi Gifu Kakamigahara Hashima Ginan Aichi prefekturasi Ichinomiya

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraKasamatsu population statistics, Kasamatsu aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida barqaror boʻlib qolgan.

Tarixi Kasamatsu atrofidagi hudud 1586-yilda Kiso daryosining oqimi oʻzgarganiga qadar anʼanaviy Ovari provinsiyasining bir qismi boʻlgan, shundan soʻng u Mino viloyatining bir qismiga aylantirildi. Bu Nagoya sharini Gifu bilan bogʻlaydigan muhim daryo oʻtish joyidagi qadimiy aholi punkti hisoblangan. Edo davrida, asosan, bugyo orqali Tokugava syogunati tomonidan boshqariladigan tenryo hududi boʻlgan. Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Gifu prefekturasining Haguri tumaniga aylantirildi, keyinchalik u Gifuning hashima tumaniga koʻchirildi. Zamonaviy Kasamatsu shahri 1889-yil 1-iyulda tashkil topgan. 1950-yil 1-avgustda qoʻshni Matsueda qishlogʻini va 1955-yil 1-aprelda Shimoharugi qishlogʻini qoʻshib olish orqali kengaytirildi. Qo‘shni Gifu shahri bilan birlashish rejalari 2004-yil iyun oyida o‘tkazilgan referendumda rad etilgan.

Iqtisodiyoti Mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligi (guruch, sabzavot, sut, parrandachilik) hamda yengil sanoat (kompyuter bilan bogʻliq mahsulotlar, sut mahsulotlari, kimyo) tarmoqlari husoblanadi.

Taʼlim tizimi Kasamatsuda uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi va Gifu prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori sinf maktabi faoliyat yuritadi.

Transport

Temir yoʻl

20x20px Meitetsu — Nagoya magistral liniyasi Kasamatsu 20x20px Meitetsu — Takehana liniyasi Kasamatsu — Nishi-Kasamatsu

Magistral yoʻl

 E41  Tōkai-Hokuriku Expressway National Route 22 Galereya

Manbalar

Havolalar

Turkum:Gifu prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Kasamatsu (Gifu)