right|thumb|250x250px| Ikeda, Ikeda togʻidan Gifu Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Ibi tumanida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 1-dekabr holatiga koʻra, shaharchada 8291 xonadonda 24034 nafar aholi istiqomat qilganIkeda town official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 620 nafardan toʻgʻri kelgan. Shaharning umumiy maydoni 38,80 kvadrat kilometrni (14,98 mil²) tashkil etdi.
Geografiyasi Ikeda Gifu prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Ibi daryosi gʻarbdagi tepaliklardan to togʻlikkacha boʻlgan shahar hududidan oqib oʻtadi, shu jumladan qoʻshni Ibigava shahri bilan chegarada Ikeda togʻi qad rostlagan. Shaharning bir qismi Ibi-Sekigahara-Yoro kvazi-milliy bogʻi chegaralarida joylashgan.
Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Ikeda oʻrtacha yillik harorat 15,0 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1991 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,5 °C, eng past harorati esa yanvarda, taxminan 3,6 °C atrofida boʻladiIkeda climate data.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Gifu prefekturasi Ōgaki Ibigava Ōno, Gifu Gōdo Tarui
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraIkeda population statistics, Ikeda aholisi uzoq davom etgan oʻsishdan soʻng yaqinda yana kamayishni boshlagan.
Tarixi Ibigava atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida u Ikeda okrugining bir qismi hisoblangan va Ogaki domeni tomonidan nazorat qilinadigan hudud hamda Tokugava syogunati tomonidan bevosita nazorat qilinadigan tenryo xoldinglari oʻrtasida boʻlib olingan. Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Gifu prefekturasi Ibi tumani tarkibida tashkil etildi. Ikeda qishlogʻi 1897-yil 1-iyulda Ikeno, Ueda, Shimohigashino, Sunabata, Rokunoi va Sugino qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil topgan. Ikega 1950-yilda qoʻshni Rokugo va Hongo bilan birlashdi va 1954-yil 1-mayda shaharcha maqomiga koʻtarildi. Ikeda 1955-yil 1-aprelda qoʻshni Yahata va Miadjini oʻziga qoʻshib oldi.
Taʼlim tizimi Ikeda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan beshta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabiga ega. Shaharda Gifu prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori sinf maktabi faoliyat yuritadi.
Transport
Temir yoʻl
20x20px Yorō temir yoʻli Yoro liniyasi Ikeno — Kita-Ikeno — Mino-Hongō
Magistral yoʻl Milliy yoʻnalish 417
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Ikeda togʻi Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ibi tumani (Gifu) Turkum:Gifu prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Ikeda (Gifu)