Girdob (sobiq Uzunariq) — Vahdat tumani Bozorboy Burunov MFY ga qarashli qishloq. Girdobdan shahar markazigacha 4 km; asfalt yoʻl. Aholisi 2116 nafar (2015).

U 1940-1941 yillarda tashkil topgan.

Iqtisodiyot Qishloqda boshlang‘ich maktab, vrachlik punkti, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, 2 masjid, xususiy savdo markazlari mavjud. Iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, chorvachilik, gʻallachilik va sabzavotchilik. Yerlar „Norbobo“ daryosi orqali sugʻoriladi. Girdobda 37 ta kichik fermer xo‘jaligi mavjud.

Manbalar

Fehristi nomi mahalhoi Toҷikiston — SIEMT, 2013. — 332 s. — ISBN 978-99947-33-54-5

Tojikiston joy nomlari reestri D: SIEMT, 2013. — 332 b. — ISBN 978-99947-33-54-5

Turkum:Bozorboy Burunov jamoasi Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari