Trevor Murphy () (1995-yil 17-iyulda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Trevor Murphy hozirda Kontinental Xokkey Ligasining (KHL) „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubida oʻynaydi. Trevor Murphy ilgari Milliy xokkey ligasida (NHL) „Arizona Coyotes“ xokkey jamoasi safida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati
Trevor Murphy Ontario shtatining Windsor shahrida oʻsgan. Trevor Murphy yoshligida „Sun County Panthers AAA“ xokkey jamoasida oʻynagan.
2012-yil 22-noyabrda Trevor Murphy „Windsor Spitfires“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2013-yilgi mavsumdan keyin Trevor Murphy klub safida kapitan yordamchisi etib tayinlandi. Oʻsha mavsumda Trevor Murphy 63 ochko jamgʻarib, eng yaxshi toʻpurar himoyachi reytingida 4-oʻrinni egalladi.
2015-yil 17-sentabrda Trevor Murphy „Nashville Predators“ xokkey klubi bilan boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Keyin Trevor Murphy klubning filiali „Milwaukee Admirals“ xokkey jamoasi safiga yuborildi.
2018-yilgi almashinuvlar mavsumida Trevor Murphy Pierre-Cedric Labrie bilan birga „Predators“ klubi tomonidan Tyler Gaudet va John Ramage evaziga „Arizona Coyotes“ xokkey klubiga sotilgan. Trevor Murphy NHLdagi debyut oʻyinini 2018-yil 24-mart kuni „Florida Panthers“ xokkey jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Trevor Murphy NHLdagi birinchi golini 2018-yilning 26-martida „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi ustidan 4:1 hisobidagi g‘alabali uchrashuvda qayd etdi.
NHLdagi toʻrtta professional mavsumidan soʻng, Trevor Murphy 2019-yil 7-iyunda Xitoyning „Kunlun Red Star“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnomaga rozi boʻlib, xorijdagi birinchi shartnomasini imzoladi.
2020—2021-yilgi mavsumda „Kunlun Red Star“ xokkey klubi Trevor Murphyni 2020-yil 4-dekabrda raqib „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi aʼzosiga almashtirdi. Trevor Murphy „Ak Bars Kazan“ klubi bilan 21 ta muntazam mavsum oʻyinlarida maydonga tushdi.
2021-2022-yilgi mavsum oldidan Trevor Murphy „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi tomonidan 2021-yil 17-avgustda pul kompensatsiyasi evaziga „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubiga sotilgan edi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2010—2011Sun County Panthers AAAMidget5939539250—————2010—2011LaSalle VipersGOJHL30112—————2011—2012Peterborough PetesOHL601192052—————2012—2013Peterborough PetesOHL2322423—————2012—2013Windsor SpitfiresOHL427172460—————2013—2014Windsor SpitfiresOHL518212957—————2014—2015Windsor SpitfiresOHL59243963104—————2015—2016Milwaukee AdmiralsAHL5911213237310122016—2017Milwaukee AdmiralsAHL7512213392320242017—2018Milwaukee AdmiralsAHL488182669—————2017—2018Tucson RoadrunnersAHL1127949156252017—2018Arizona CoyotesNHL81230—————2018—2019Tucson RoadrunnersAHL27581326—————2018—2019San Diego GullsAHL3731518481615642019—2020Kunlun Red StarKHL6010172782—————2020—2021Kunlun Red StarKHL1708814—————2020—2021Ak Bars KazanKHL212688813422021—2022Sibir NovosibirskKHL266131937—————NHL (jami)81230—————KHL (jami)12418446214181342
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2012-yil Kanada U17 6 1 1 2 2 Jami 6 1 1 2 2
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar