right|thumb|270x270px| Gasshō-zukuri — Shirakava-godagi anʼanaviy somon uylari Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Ono tumanida joylashgan qishloq. U Gassho-zukuri deb nomlanuvchi qurilish uslubini namoyish etuvchi kichik, anʼanaviy qishloq Shirakava-goning maskani ekanligi bilan mashhur. Toyamaning Nanto shahridagi Gokayama bilan birga, YuNESKOning Jahon merosi obyektlaridan biri sifatida kiritilgan.

2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra, qishloqda hisob-kitoblarga koʻra 588 xonadonda 1630 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 4,6 kishidan toʻgʻri keladiShirakawa village official statistics. Qishloqning umumiy maydoni 356,55 km2 (137,66 mil²) ga teng.

Geografiyasi Shirakava togʻ qishlogʻi boʻlib, Gifu prefekturasining uzoq shimolida joylashgan, Ryohaku togʻlari bilan oʻralgan hamda, Ishikava prefekturasi va Toyama prefekturasi bilan chegaradosh. Hakusan togʻi bu hududning eng baland joyi boʻlib, uning balandligi — ga teng. Qishloq hududining 95,7 foizini togʻli oʻrmonlardan tashkil topgan va uning tik joylari xavflidir. Togʻlar orasidan shimolda Nantogacha davom etadigan Sho daryosi oqib oʻtadi. Aholining asosiy qismi daryo vodiysida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Gifu prefekturasi Takayama Hida Toyama prefekturasi Nanto Ishikava prefekturasi Hakusan

Iqlimi Shirakava qishlogʻi nam kontinental iqlimga ega (Koppen Dfa). U toʻrt xil faslni oʻzida namoyish etadi, qish esa eng ajoyib tarzda kechadi. Shirakava Yaponiyadagi eng qorli joylardan biri sifatida qayd etilgan. Yillik qor miqdori oʻrtacha 10 metrdan (415,4"), qor qatlamlari esa 2 metrdan oshadi. Tez-tez yogʻadigan kuchli qor natijasida, xarakterli qalin somonli tomli gazshō-zukuri (合掌造り) uylari paydo boʻldi. Hakusan milliy bogʻi togʻ tizmalari fonida bu joylar asosiy sayyohlik joylari hisoblanadi.

Demografiyasi Yaponiyadagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraShirakawa population statistics, Shirakava aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida kamaygan, 2000-yilga kelib kichik oʻsish darajasi kuzatildi.

Tarixi Shirakava atrofidagi hudud anʼanaviy Hida viloyatining bir qismi boʻlgan. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Ono tumani tarkibida tashkil etildi. Shirakava qishlogʻi 1897-yil 1-iyulda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil topgan.

Iqtisodiyoti Mahalliy iqtisodiyotda mavsumiy turizm kuchli ustunlik qiladi. Gazsho-zukuri qishloqlarini koʻrish uchun kelgan sayyohlar daromadi evaziga qishloqning moliyaviy ahvoli ancha yaxshilanadi, qishloq YUNESKO obyektiga aylanganidan soʻng turistlar oqimi yanada oshgan. Biroq, tashrif buyuruvchilar sonining ortib borayotgani ifloslanishdan hududga zarar yetkaza boshladi. Mahalliy aholi oʻz uylarini yotoqxonalar, sovgʻalar doʻkonlari va toʻxtash joylariga aylantira boshladi va bu oʻz navbatida uning Jahon merosi maqomiga darz ketishiga sabab boʻlmoqda. Shuningdek, sayyohlarga xizmat koʻrsatishni oʻzgartirish hududning soddaligi va asosiy yapon manzarasining jozibasiga ham zarar yetkazishi mumkinligi haqida qoʻrquv yuzaga kelmoqda.

Taʼlim tizimi Shirakavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta umumiy boshlangʻich/oʻrta maktab mavjud. Shahar qishlogʻida yuqori maktab mavjud emas.

Transport

Temir yoʻl

Shirakava qishlogʻida yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.

Magistral yoʻl

 E41  Tōkai-Hokuriku tezkor yo'li Milliy yoʻnalish 156 Milliy yoʻnalish 360

Qardosh shahar munosabatlari

 — Alberobello, Apulia, Italiya 2005-yil 3-martdan buyon

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Shirakava-go va Gokayama tarixiy qishloqlari YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Vadake uyi— mintaqadagi eng katta gassho-zukuri Shirakawa-go Xirase Onsen ("milliy tiklanish onsen " sifatida belgilangan) Miboro toʻgʻoni, Miboro koʻli Hida tunneli Hakusan Rindo (yurish yoʻlagi) Kuzgi ranglari bilan mashhur boʻlgan ; Piyoda yurganda 30 daqiqa uzoqlikda joylashgan Koso suv-botqoqlari ham mashhur Shirakava Hachiman ziyoratgohi, u yerda har yili 14-15-oktyabr kunlari Doburoku festivali boʻlib oʻtadi.

Galereya

Avtobus xizmati

Kaetsunō avtobusi Shirakava-go avtobus terminali

Jahon merosi obyekti avtobusi ushbu kompaniya tomonidan Takaoka stansiyasidan (Toyama) Shin-Takaoka stansiyasi orqali boshqariladi.

Yana qarang

Shirakava-go va Gokayamaning tarixiy qishloqlari Gokayama Manbalar

Havolalar

Shirakawa rasmiy veb-sayti (baʼzi inglizcha kontent) Shirakava-go va Gokayamada YuNESKOga kirish Rasmiy Gifu turizm veb-saytida Shirakawa-go bilan bogʻliq maʼlumotlar shirakawa-go.gr

Turkum:Gifu prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Shirakava (Gifu, qishloq)