Andrew William Cassels () (1969-yil 23-iyulda tugʻilgan) — kanadalik professional sobiq xokkeychi. Andrew Cassels „Montreal Canadiens“, „Hartford Whalers“, „Calgary Flames“, „Vancouver Canucks“, „Columbus Blue Jackets“ va „Washington Capitals“ kabi Milliy xokkey ligasi jamoalari safida oʻn olti mavsum oʻynagan. Andrew Cassels Ontario shtatining Bramalea shahrida tugʻilib oʻsgan.
Oʻyin faoliyati Yoshligida Andrew Cassels 1982-yilda Quebec xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Ontario shtatining Brampton shahridagi „Chinguacousy“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Andrew Cassels „Montreal Canadiens“ xokkey klubi safiga 1987-yilda NHL kirish loyihasida 17-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Keyinchalik, Andrew Cassels „Ottawa 67’s“ xokkey jamoasi safida OHLda uchta yulduzli mavsum oʻynadi. Andrew Casselsning eng yaxshi mavsumi 1987—1988-yillarga toʻgʻri keladi. Oʻshanda Andrew Cassels liganing eng yaxshi xokkeychisi sovrinini qoʻlga kiritgan edi. 1989-yil 19-noyabrda „Montreal“ xokkey jamoasi bilan NHLdagi debyut oʻyinida Andrew Cassels faoliyatidagi birinchi golini „Calgary Flames“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi.
Keyinchalik, Andrew Cassels „Hartford Whalers“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi. Andrew Cassels 1992-yildan 1997-yilgacha ketma-ket 5 mavsum davomida „Whalers“ xokkey klubi reytingida gol urish va golli uzatmalar boʻyicha oldingi oʻrinlarni egallagan edi.
Andrew Cassels 1996—1997-yillardagi mavumda „Calgary Flames“ xokkey jamoasi safida harkat qilgan. Andrew Cassels „Flames“ xokkey jamoasi safida ikki mavsum oʻynagan.
1999-yilda Andrew Cassels erkin agentga aylandi va „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. „Vancouver“ xokkey jamoasi safida Andrew Cassels 1999—2000-yillardagi mavsumda 45 ta golli uzatma va 62 ochkoni oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi. 2001—2002-yillardagi mavsumda Andrew Cassels oʻz faoliyatidagi eng yaxshi xokkey oʻyini mavsumini oʻtkazdi. Andrew Cassels bu mavsumda 53 oʻyinda maydonga tushib, 50 ochko toʻpladi. Shuningdek, Andrew Cassels „Canucks“ xokkey jamoasiga pley-offga chiqishga yordam berdi.
2002-yilda shartnoma muddati tugashi bilan Andrew Cassels „Vancouver“ xokkey jamaosini tark etib, „Columbus Blue Jackets“ xokkey jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.
2004—2005-yillardagi mavsumda NHL lokavtidan soʻng Andrew Cassels 2005-yil 12-avgustda „Washington Capitals“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Biroq,Andrew Casselsga yoshi va jarohatlari mavsumni yaxshi yakunlay omasligini taʼminlandi. Shuning uchun, Andrew Cassels 2006-yil 28-yanvarda '[Washington Capitals" xokey jamoasini tark etdi.
NHLdagi 16 mavsumida Andrew Cassels jami 1015 ta oʻyinda maydonga tushib, 204 gol, 528 golli uzatma, 732 ochko va 410 penaltini qayd etgan edi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1984—1985Bramalea BluesMetJHL42020—————1985—1986Bramalea BluesMetJHL3318254326—————1986—1987Ottawa 67’sOHL662666922811591471987—1988Ottawa 67’sOHL6148103151391682432131988—1989Ottawa 67’sOHL563797134661251015101989—1990Montreal CanadiensNHL62022—————1989—1990Sherbrooke CanadiensAHL5522456725122111361990—1991Montreal CanadiensNHL546192520802221991—1992Hartford WhalersNHL6711304118724661992—1993Hartford WhalersNHL8421648562—————1993—1994Hartford WhalersNHL7916425837—————1994—1995Hartford WhalersNHL467303718—————1995—1996Hartford WhalersNHL8120436339—————1996—1997Hartford WhalersNHL8122446646—————1997—1998Calgary FlamesNHL8117274432—————1998—1999Calgary FlamesNHL7012253718—————1999—2000Vancouver CanucksNHL7917456216—————2000—2001Vancouver CanucksNHL6612445610—————2001—2002Vancouver CanucksNHL5311395022621302002—2003Columbus Blue JacketsNHL7920486830—————2003—2004Columbus Blue JacketsNHL586202626—————2005—2006Washington CapitalsNHL31481214—————NHL jami1,0152045287324102147118
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 1989-yil Kanada WJC 7 2 5 7 2 1996-yil Kanada WC 6 1 0 1 0
Yana qarang
1000 ta oʻyin oʻynagan NHL oʻyinchilari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari