Guira de Melena — 2011-yil 1-yanvardan beri Artemisa provinsiyasidagi munitsipalitet va shaharcha, u oldin Gavana provinsiyasi tarkibiga kirgan. U orolning janubiy qirgʻogʻida Batabano koʻrfazi bilan chegaradosh va Kubaning gʻarbiy qismida joylashgan. U 1779-yilda tashkil etilgan.

Geografiyasi Shahar San Antonio de los Baños janubida, Quivican gʻarbida va Alquizar sharqida joylashgan.

Munitsipalitet Gabriel, Cajio, Tumbadero, La Cachimba, Penalver, Pulguero, Guerrilla, Pekin va Corea barrioslariga boʻlingan"Cronicas de Güira de Melena". Elba Rosa Rodriguez, 2011 .

Munitsipalitet 6 consejos popularesga (yaʼni „ommaviy kengashlar“ga) boʻlingan: Vivian Alonso, Niceto Peres, Ubaldo Dias, Cajio, Gabriel va Junco.

Iqtisodiyoti Asosiy iqtisodiy faoliyatga qishloq xoʻjaligi, ayniqsa tamaki kiradi. Shaharda sigaret zavodlari mavjud. Boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari — kartoshka, banan, ananas va boshqa tropik mevalar va sut mahsulotlari ham yetishtiriladi.

Demografiyasi 2004-yilda Guira de Melena munitsipalitetida 37 838 kishi istiqomat qilgan. Umumiy maydoni , aholi zichligi .

Yana qarang

Kuba munitsipalitetlari Kuba shaharlari roʻyxati Guira de Melena shahar muzeyi

Manbalar

Havolalar

El Habanero gazetasidan olingan maqola