Damir Kreilach (; 1989-yil 16-aprelda Xorvatiyada tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, „Real Salt Lake“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Klublardagi faoliyati Damir Kreilach futbol oʻynashni olti yoshida „Opatija“ futbol klubida boshlagan. 2000-yilda Boris Putsich taklifiga binoan Xorvatiyaning birinchi ligasidagi „Rijeka“ futbol klubi akademiyasiga oʻtgan. 2007—2008-yilgi mavsumda asosiy jamoada oʻynay boshlagan futbolchining professional debyuti 2008-yil 12-aprelda „Osijek“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. 2009-yil 11-aprelda „Varteks“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Damir Kreilach professional faoliyatidagi ilk golini kiritgan. 2012-yilning 16-yanvarida klub Damir Kreilach bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan.
2013-yil 27-mayda Damir Kreilach Bundesliganing „Union Berlin“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va uch yillik shartnoma imzolagan. Xorvatiya matbuotidagi xabarlarga koʻra, futbolchining transfer summasi taxminan 200 ming yevroni tashkil qilgan. Damir Kreilach Germaniyadagi debyutini 2013-yil 21-iyulda 2013—2014-yilgi mavsumning ochilish bosqichida „Bochum“ futbol klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. 2014-yil iyulidan 2015-yil oktyabrigacha „Union Berlin“ futbol klubi sardori boʻlib faoliyat yuritgan.
2018-yilning 6-fevralida Damir Kreilach MLSning „Real Salt Lake“ futbol klubiga o‘tgan. Damir Kreilach 2018-yilning 3-martida AQSh Oliy ligasida ilk davradagi „Dallas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan . 2018-yil 21-aprelda „Colorado Rapids“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u MLSdagi birinchi golini urgan. 2018-yil 1-sentyabr kuni „Los Angeles Galaxy“ futbol klubi bilan o‘yinda u xet-trik qayd etgan. 2020-yil 18-sentyabrda u „Real Salt Lake“ futbol klubi bilan shartnomasini 2023-yilgi mavsum bilan 2022-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan.
Xalqaro faoliyati Damir Kreilach Xorvatiyani 19 yoshgacha va 21 yoshgacha darajasida himoya qilgan.
Statistikasi JamoaMavsumLigaKubokYevropa kubogiJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolRijeka2007—200850--502008—200913110201612009—201025220303022010—201128230-3122011—201227940-3192012—201330510-315Jami128191105014419Union Berlin2013—201432330-3532014—201533710-3472015—2016321210-33122016—201733910-3492017—201819220-212Jami14933800015733Real Salt Lake2018331233-361520193263110367202021811-2292021331610-3416Jami11942851012847Umumiy faoliyatida396942736042999
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar