Argon (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, atom massasi 39,948, birinchi marta 1894-yilda havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 189,4°, qaynash temperaturasi 185,87°. Argon odatdagi temperaturada atomar holda boʻladi, birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Atmosferada Argonning uchta barqaror izotopi bor: Ag40 (99,6%), Ag38 (0,063%), Ag36 (0,337%). Argonning bir necha sunʼiy radio-aktiv izotoplari ham olingan: Ag39 (yarim yemirilish davri 265 yil), Ag37 (yarim yemirilish davri 34 kun). U boshqa inert gazlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Argon havoda hajm jihatdan 0,993%ni tashkil qiladi. Argonning valentli, yaʼni ionli va kovalent birikmalari olinmagan, ammo Ag .6N2O va shuning kabi bir necha molekulyar birikmasi olingan. Argon kimyo sanoatida inert muhit vujudga keltirishda, elektr lampochkalarini toʻldirishda, reklama naylarini (koʻk-havo rang shu’lalanadi) va yuqori chastotalar texnikasida ishlatiladigan naylarni toʻldirishda qoʻllaniladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Argon — unsurlar davriy jadvalining 18 unsuri, inert gaz.

Manbalar

Turkum:Kimyo Turkum:Kimyoviy unsurlar