Daniel John Higginbotham (talaffuzi: Daniel Jon Xigginbotem 1978-yil 29-dekabrda tug'ilgan) - himoyachi sifatida o'ynagan sobiq professional futbolchi. U Angliyaning Manchester shahrida tug'ilgan, xalqaro futbolda Gibraltarni himoya qilgan.
Daniel faoliyatini “Manchester United” akademiyasida boshlagan. Klubda debyut qilganidan soʻng, u Belgiyaning "Royal Antwerp" jamoasiga ijaraga yuborildi. Ammo u klubda yaxshi rivojlana olmadi, soʻngra Derby Countyga qoʻshildi (2000-yil). U "Derby"da uch yil oʻtkazdi, soʻngra klub Premyer-ligadan tushib ketganida transfer soʻrovini topshirdi. "Southampton" Danielni 1,5 million funt sterlingga sotib oldi. 2003-yil fevral oyida toʻlov amalga oshirildi. Daniel ularga 2003-yilgi Angliya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. 2005-yilda "Southampton" quyi ligaga tushib ketdi, soʻngra Daniel yangi shartnomani rad etdi va transfer roʻyxatiga kiritildi.
Yoshlik Manchesterda tugʻilgan Daniel Altrinchamda oʻsgan. Oʻn bitta imtihondan oʻtganiga qaramay, u Altrincham oʻg'il bolalar grammatikasi maktabiga kirishdan bosh tortdi. Uning katta akasi Paul Witton Albion uchun Ligadan tashqari futbol oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Manchester United Daniel oʻz faoliyatini mahalliy "Manchester United" klubida boshlagan. Ammo u shogirdligining birinchi yilida yuqori baholanmagan va B jamoasi oʻyinida son suyagi singanida uning faoliyati deyarli yakunlangandek edi. Biroq, u jarohatdan tuzalib ketdi va 1998-yilda ikki yillik professional shartnoma imzoladi. U Premyer-ligadagi debyutini 1998-yil 10-mayda o‘tkazib, Oakwellda Barnsley ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
U Belgiyaning ikkinchi divizioni vakili "Royal Antwerp"ga ijara asosida yuborildi. U klubni yomon boshlagan boʻlsada, ushbu startdan soʻng klub ketma-ket 15 oʻyinda gʻalaba qozondi.
Xalqaro martaba Angliyada tugʻilib oʻsgan Daniel onasi tomondan buvisi orqali Gibraltar terma jamoasida oʻynash huquqiga ega edi. Gibraltarning sobiq menejeri Allen Bula uning amakisi hisoblanadi. Daniel xalqaro maydondagi debyutini Gibraltarning UEFA aʼzosi sifatidagi ilk oʻyinida, 2013-yil 19-noyabrda Slovakiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida 0:0 hisobida durang oʻynab, amalga oshirgan. U o'z faoliyati uchun maqtovga sazovor bo'lib, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. U 2014-yilning mart oyida Gibraltar safida uchta o‘yin o‘tkazgandan so'ng, xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Media martabasi 2013-yil fevral oyida Daniel Shimoliy Staffordshire va Janubiy Cheshire mintaqalaridagi mahalliy gazeta The Sentinelda oʻz biografiyasini yozishni boshladi. Daniel The Independent jurnalida muntazam sport rukniga ega. U 2015-yil aprel oyida oʻzining "Yo'qolganlarning yuksalishi" deb nomlangan avtobiografiyasini eʼlon qildi. U Talksport, BBC Radio 5 Live, BT Sport, Sky Sports va NBC Sports kabi bir qancha televidenie va radiostansiyalarda chiqish qilgan.
Shaxsiy hayot Uning birinchi farzandi Jak 2001-yilda tug‘ilgan. Uning ikkinchi farzandi Jessica 2003-yil 12-oktyabrda tugʻilgan. Uning birinchi nikohi 2008-yilda oʻz nihoyasiga yetdi(ajrashdi)
2010-yilda u amerikalik Nicole bilan oila qurdi.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va goʻllar statistikasiKlubMavsumLigaMilliy KubogLiga KubogiYevropaBoshqaJamiBoʻlimOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarManchester United1997–98Premyer-liga1000000000101998–99Premyer-liga0000000000001999–2000Premyer-liga30—10101060Jami400010101070Royal Antwerp (ijara)1998–99Belgiya ikkinchi divizioni29300——31324Derby County2000–01Premyer-liga2603040——3302001–02Premyer-liga3711020——4012002–03Birinchi divizion2320021——253Jami8634081——984Southampton2002–03Premyer-liga9010———1002003–04Premyer-liga270102010—3102004–05Premyer-liga2114010——2612005–06Championship3731010——393Jami944704010—1064Stoke City2006–07Championship4472000——4672007–08Championship10—10——20Jami4572010——487Sunderland2007–08Premyer-liga21300———2132008–09Premyer-liga10—00——10Jami2230000——223Stoke City2008–09Premyer-liga2810020——3012009–10Premyer-liga2413021——2922010–11Premyer-liga1023131——1642011–12Premyer-liga20000030—502012–13Premyer-liga00—00——00Jami64461723000807Nottingham Forest (ijara)2011–12Championship61————61Ipswich Town (ijara)2012–13Championship120————120Sheffield United2012–13Birinchi liga15020——10180Chester2013–14Konferensiya17110——10191Altrincham2013–14Shimoliy konferensiya20————20Jami faoliyat39626221213506145031
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Gibraltarlik erkak futbolchilar Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari