Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammatroziq oʻgʻli (1972-yilda tugʻilgan) — sharqshunos, iqtisodchi, arabshunos, siyosiy fanlar nomzodi. Toshkent islom instituti rektori. 2023-yil 23-noyabrda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari.

Ilmiy yoʻnalishi Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qator respublika ilmiy konferensiyalari ishtirokchisi.

Faoliyati Qohira davlat universiteti Iqtisodiyot va siyosiy fanlar fakultetining 1999- va ToshDSHI „Xalqaro aloqalar va iqtisod“ fakultetining 2002-yil bitiruvchisi. 1994—1999-yillar Qohira davlat universiteti talabasi; 2000—2002-yillar TDSHIda magistrant va oʻqituvchi; 2005-yildan katta oʻqituvchi; Jahon siyosati kafedrasida dotsent; 2015-yilda „Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi“ ixtisosligi boʻyicha dotsent; 2016-2017-yillar ToshDSHI "„Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar“ kafedrasi mudiri, 2017—2018-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita diniy taʼlim boʻlimi boshligʻi, 2018-2019-yillar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori, 2019-yildan OʻzXIA „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi dotsenti, 2020-yildan OʻzXIA „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori.

Asosiy ilmiy ishlari Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: „Saudiya Arabistoni Podshohligining Qizil dengiz mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash siyosatining xususiyatlari“ — Toshkent, 2005. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: „Afrika arab davlatlarida dinning siyosiylashuvi va uning siyosiy jarayonlarga taʼsiri“ — Toshkent, 2018.

Saudiya Arabistonining Yaqin Sharq mojarolariga munosabati // Sharqshunoslik. — Toshkent: ToshDSHI, 2004. — № 4. — B.107 — 110. Oʻzbekiston — Saudiya munosabatlari: hozirgi holat va hamkorlik istiqbollari // Sharq mashʼali. — Toshkent: ToshDSHI, 2006. — № 1-2. — B.19 — 22. Xavfsizlik tushunchasi va uning mohiyati // Siyosat va iqtisod: Professor-oʻqituvchilar va talabalar ilmiy toʻplami. — Toshkent: ToshDSHI, 2006. — № 1. — B.15 — 18. Shimoli-Sharqiy Afrikadagi siyosiy-ijtimoiy muammolarni hal etishda Saudiya Arabistonining roli // Sharqshunoslik. — Toshkent: ToshDSHI, 2006. — № 2. — B.133 — 138. Fransiya tashqi siyosatida „Afrika Frankofon“ davlatlarining oʻrni// Sharqshunoslik. — Toshkent: ToshDSHI, 2007. — № 1. — B.48 — 54. Kto je stanet predstavitelem Afriki v Sovet bezopasnosti OON? // Vostokovedeniye. — Tashkent: TashGIV, 2007. — № 1-2. — S.88 — 93. Afrika — geostrategik ahamiyatga molik qitʼa // Sharqshunoslik. — Toshkent: ToshDSHI, 2007. -№ 2. — B.107-109. Afrikadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda BMTning tashabbuslari // Siyosat va iqtisod. Professor-oʻqituvchilar va talabalar ilmiy toʻplami. — Toshkent: ToshDSHI, 2007. — № 2. — B.124-129. Markaziy Osiyo bilan Afrika arab davlatlari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni mustahkamlashda dinning ahamiyati xususida // Falsafa va huquq. — Toshkent, 2007. — № 2. — B.47 — 48. Hamkorlikning yangi ufqlari // Tafakkur. — Toshkent, 2007. -№ 3. — B.110 — 111.". — Leningrad, 1956.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik sharqshunoslar