Momodou Ceesay () (1988-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — gambiyalik futbolchi, oxirgi marta Qozogʻistonning „Qiziljar“ klubi va Gamibiya milliy futbol jamoasida oʻynagan. U Gamibiya terma jamoasida 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati rasmiy videooʻyinida tasvirlangan. Xalqaro maydonda Gamibiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati Ceesay futbolchilik faoliyatini oʻzining „Kanifing United“ klubida oʻynashdan boshlagan. Ceesay 2010-yilning yozida yarim yillik shartnoma imzolagan holda Jilina jamoasiga qoʻshilgan. U 2010-yil 31-iyulda Korgon Ligadagi birinchi oʻyinida gol muallifiga aylangan. U Jilinaning 2010—2011-yilgi UEFA Chempionlar Ligasiga chiqishiga yordam bergan va saralash turnirida uchta golga mualliflik qilgan.
Ceesay 2015-yilning 7-iyulida, o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng, „Qayrat“ klubini tark etgan. 2015-yil sentyabrida u Netanyaning „Makkabi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
2018-yil 28-iyun kuni Qiziljar Ceesay bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.
2019-yil 18-iyunda Ceesay Irtish Pavlodar jamosi bilan shartnomasini bekor qilgan, 2019-yil iyul oyida Qiziljar jamoasi safiga qoʻshilgan.
Shaxsiy hayoti Ceesayning ukasi Ali ham professional futbolchi. U oxirgi marta 2014-yilda Latviya Oliy ligasining „Skonto Riga“ jamoasida oʻynagan.
Xalqaro Ceesay terma jamoadagi debyutini 2010-yil 30-may kuni Meksika milli futbol terma jamosiga qarshi o‘tkazgan. Ikkinchi xalqaro o‘yinida u 2010-yil 4-sentyabrda Gamibiya terma jamoasi safida o‘zining birinchi golini Namibiya terma jmaosi darvozasiga kiritgan
Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2010-yil 4-sentyabr „Mustaqillik“ stadioni, Baku 2012 Afrika Millatlar Kubogi saralashi 2. 2011-yil 9-fevral Stadio do Restelo, Lissabon Oʻrtoqlik 3. 2011-yil 10-avgust „Mustaqillik“ stadioni, BakuDominikanOʻrtoqlik 4. 2012-yil 29-fevral „Mustaqillik“ stadioni, Baku Afrika Millatlar Kubogi-2013 saralashi 5. 2012-yil 10-iyun Benjamin Mkapa milliy stadioni, Dar es-Salam 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 6. 2013-yil 20-yanvar General Seyni Kounche stadioni, NiameyOʻrtoqlik
Yutuqlari
Klub
MŠK Žilina
Slovakiya Birinchi Ligasi : Gʻolib: 2011-2012 Slovakiya kubogi : Gʻolib: 2011-2012 Ikkinchi oʻrin: 2010-2011
Qayrat
Qozogʻiston kubogi : Gʻolib: 2014-yil
Xalqaro
U-17 Afrika chempionati : Gʻolib 2005-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gambiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar