Francisco Guillermo Ochoa Magaña (; 1985-yil 13-iyunda Meksikada tugʻilgan) — meksikalik futbolchi, „América“ futbol klubi darvozaboni va sardori hamda Meksika terma jamoasi vitse-sardori.

Klublardagi faoliyati Guillermo Ochoa Meksikaning „América“ futbol klubi safida 2004-yilda „Monterrey“ futbol klubiga qarshi Meksika chempionatida debyut qilgan. Guillermo Ochoa 2005-yilda oʻzining birinchi chempionligini qoʻlga kiritgan va 2011-yilgacha Amerikaning asosiy darvozaboni boʻlgan. Guillermo Ochoa klub uchun barcha musobaqalarda 300 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan. 2011-yilning yozida u fransuzlarning „Ajaccio“ jamoasiga oʻtgan. Guillermo Ochoa jamoada uch mavsum oʻynagan, shundan soʻng „Ajaccio“ 2014-yilda Ligani tark etgan va klubning darvozabon bilan shartnomasini tugatgan.

2005-yildan Meksika terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Guillermo Ochoa milliy terma jamoadagi ilk oʻyinini Vengriya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan va u 2:0 hisobida meksikaliklar foydasiga hal boʻlgan.

2004-yilda Meksika Olimpiya terma jamoasi tarkibida Guillermo Ochoa Afina Olimpiadasida ishtirok etgan. 2014-yil 1-avgustda Guillermo Ochoa „Málaga“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2016-yilning 5-martida Guillermo Ochoa La Ligadagi debyutini „Deportivo La Coruña“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan.

Xalqaro faoliyati 2006-2010-yilgi jahon chempionatlarida Guillermo Ochoa Meksika terma jamoasining uchinchi darvozaboni sifatida ishtirok etgan. Ammo, maydonga tushmagan.

CONCACAF oltin kubogi-2011 turnirining birinchi bosqichida Salvador terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng (5:0) Guillermo Ochoa terma jamoaning boshqa to‘rt nafar futbolchisi bilan birga o‘yinlarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Diskvalifikatsiya tahdidi ostida qolgan Guillermo Ochoa „Ajaccio“ futbol klubi bilan shartnoma imzolamagan.

2014-yil 13-iyun kuni Guillermo Ochoa Jahon chempionatida debyut qilgan va Meksika terma jamoasining 2014-yilgi Jahon chempionatining Kamerun jamoasiga qarshi birinchi oʻyinida gʻalaba qozongan. 17-iyun kuni turnir mezbonlari Braziliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda meksikalik darvozabon oʻz darvozasi tomon yoʻllagan 8 ta zarbani qaytargan.

2015-yilda Guillermo Ochoa CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan. Turnirda u Kuba, Gvatemala, Trinidad va Tobago, Kosta-Rika, Panama va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistikasi +JamoaMavsumLigaKubokKontinentalBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAmérica2003—2004120—50—1702004—2005310—40—3502005—2006300——303302006—2007420—170—5902007—2008260—90—3502008—200932030--3502009—201028040--3202010—2011380—70—450Jami239070420302910San Luis (ijara)2004—200510———10Ajaccio2011—201237020--3902012—201338010--3902013—201437010--380Jami112040——1160Málaga2014—2015—60——602015—201611020——130Jami11080——190Granada (ijara)2016—201738010——390Standard Liège2017—2018380———3802018—2019400—80—480Jami780—80—860América2019—2020290—20—3102020—2021320—70—3902021—2022370———3702022—2023200———200Jami1180—90—1270Umumiy faoliyatida5970200590306790

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilar